https://oz.sputniknews.uz/20260225/uzbekistan-afghanistan-bojxona-soddalashtirish-55932321.html
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxona jarayonlarini soddalashtirishni muhokama qildi
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxona jarayonlarini soddalashtirishni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tashqi savdo hajmi 1,5 mlrd dollarga yetdi. Bojxona qo‘mitalari nazoratni soddalashtirish, raqamlashtirish va axborot almashinuvini qayta yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.
2026-02-25T11:49+0500
2026-02-25T11:49+0500
2026-02-25T12:16+0500
hamkorlik
chegara
jamiyat
o‘zbekiston
afg‘oniston
bojxona qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/19/55932154_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_01118743a96cd964f2be7d90c6f09df7.jpg
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov videokonferensiya orqali Afg‘oniston bojxona xizmati raisi o‘rinbosari S.Abdulzoda bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili Afg‘oniston bilan tashqi savdo hajmi 1,5 milliard dollarga yetdi va 2024-yilga nisbatan 53 foizga oshdi.Chegara bojxona postlari orqali harakatlangan fuqarolar soni 1,5 baravarga, avtotransportlar 36 foizga, yukli temir yo‘l vagonlari esa 13 foizga ko‘paygan.Uchrashuvda O‘zbekistondan eksport qilinayotgan tovarlarni Afg‘onistonda rasmiylashtirishda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar ham ko‘rib chiqildi.Qo‘mita raisi Afg‘oniston bojxona xizmati xodimlari uchun Markaziy bojxona laboratoriyasida ekspertiza va tovarlarni tasniflash yo‘nalishida bepul o‘quvlar tashkil etishni taklif qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260108/afghanistan-chegara-transport-oshish-54690951.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/19/55932154_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_44c822c27b0a8ccde52a35779842a86c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, afg‘oniston, bojxona qo‘mitasi, a.mavlonov, s.abdulzoda, tashqi savdo, 1,5 milliard dollar, 53 foiz o‘sish, chegara postlari, raqamlashtirish, axborot almashinuvi, markaziy bojxona laboratoriyasi
o‘zbekiston, afg‘oniston, bojxona qo‘mitasi, a.mavlonov, s.abdulzoda, tashqi savdo, 1,5 milliard dollar, 53 foiz o‘sish, chegara postlari, raqamlashtirish, axborot almashinuvi, markaziy bojxona laboratoriyasi
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxona jarayonlarini soddalashtirishni muhokama qildi
11:49 25.02.2026 (yangilandi: 12:16 25.02.2026) Shuningdek, eksport tovarlarni Afg‘onistonda rasmiylashtirishdagi ayrim muammolar ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekiston
Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov videokonferensiya orqali Afg‘oniston bojxona xizmati raisi o‘rinbosari S.Abdulzoda bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili Afg‘oniston bilan tashqi savdo hajmi 1,5 milliard dollarga yetdi va 2024-yilga nisbatan 53 foizga oshdi.
Chegara bojxona postlari orqali harakatlangan fuqarolar soni 1,5 baravarga, avtotransportlar 36 foizga, yukli temir yo‘l vagonlari esa 13 foizga ko‘paygan.
Tomonlar bojxona nazorati va rasmiylashtiruv jarayonlarini soddalashtirish hamda raqamlashtirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, tovar va transport vositalari harakati bo‘yicha dastlabki axborot almashinuvini qayta yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilayotgani qayd etildi.
Uchrashuvda O‘zbekistondan eksport qilinayotgan tovarlarni Afg‘onistonda rasmiylashtirishda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar ham ko‘rib chiqildi.
Qo‘mita raisi Afg‘oniston bojxona xizmati xodimlari uchun Markaziy bojxona laboratoriyasida ekspertiza va tovarlarni tasniflash yo‘nalishida bepul o‘quvlar tashkil etishni taklif qildi.