https://oz.sputniknews.uz/20260225/tuman-sobiq-hokim-qamalish-55937885.html
Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi Mahmud Xolbo‘tayev 11-yilga qamaldi
Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi Mahmud Xolbo‘tayev 11-yilga qamaldi
Sputnik O‘zbekiston
Zomin tuman sudi Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi Mahmud Xolbo‘tayevni korrupsion jinoyatlarda aybdor deb topdi. Unga 11-yil ozodlikdan mahrum qilish va BHMning 150 baravari miqdorida jarima tayinlandi.
2026-02-25T15:13+0500
2026-02-25T15:13+0500
2026-02-25T15:13+0500
o‘zbekiston
jamiyat
jinoyat kodeksi
jinoyat
korrupsiya
jizzax
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/19/55937702_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_3d7c16a4af5402a1d234b45bd6bfbc8b.jpg
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi Mahmud Xolbo‘tayev korrupsion jinoyatlarda aybdor deb topilib, 11-yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lumotlarga ko‘ra, Zomin tuman sudining 25-fevraldagi hukmi bilan u Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 206-moddasi (mansab vakolatidan chetga chiqish), 210-moddasi (pora olish) hamda 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.Shu bilan birga, tuman hokimligida bosh mutaxassis lavozimida ishlagan N.I. (1987 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 28 va 210-moddalari (pora berish jinoyatida ishtirok etish) nazarda tutilgan jinoyatda aybdor deb topildi. Unga 2-yil davlat boshqaruv organlarida ishlash huquqidan mahrum qilish va 7-yil ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilandi.Sudlanuvchilar jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi. Hukm ustidan qonunda belgilangan tartibda apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish mumkin.Eslatib o‘tamiz, Mahmud Xolbo‘tayev 2025-yil iyul oyida 10 ming dollar pora olayotganda qo‘lga olingan edi. U 2019-yil 26-oktabrdan beri Sharof Rashidov tumanini boshqarib kelgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250902/namangan-hokim-pora-ushlanish-51675701.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/19/55937702_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_96be4ae9c774a3063f609de05ac90485.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mahmud xolbo‘tayev, sharof rashidov tumani, jizzax viloyati, zomin tuman sudi, korrupsiya, pora olish, talon-toroj, jinoyat kodeksi 167-modda, 210-modda, 206-modda, 229-4-modda, 62 mln so‘m jarima
mahmud xolbo‘tayev, sharof rashidov tumani, jizzax viloyati, zomin tuman sudi, korrupsiya, pora olish, talon-toroj, jinoyat kodeksi 167-modda, 210-modda, 206-modda, 229-4-modda, 62 mln so‘m jarima
Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi Mahmud Xolbo‘tayev 11-yilga qamaldi
Jizzax viloyatida sobiq tuman hokimi korrupsiya jinoyatlari bo‘yicha aybdor deb topildi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi Mahmud Xolbo‘tayev korrupsion jinoyatlarda aybdor deb topilib, 11-yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Zomin tuman sudining 25-fevraldagi hukmi bilan u Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 206-moddasi (mansab vakolatidan chetga chiqish), 210-moddasi (pora olish) hamda 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Sud hukmiga muvofiq, u 3-yil muddatga davlat boshqaruv organlarida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etildi. Shuningdek, BHMning 150 baravari miqdorida (taxminan 62 mln so‘m) jarima jazosi va 11-yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shu bilan birga, tuman hokimligida bosh mutaxassis lavozimida ishlagan N.I. (1987 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 28 va 210-moddalari (pora berish jinoyatida ishtirok etish) nazarda tutilgan jinoyatda aybdor deb topildi. Unga 2-yil davlat boshqaruv organlarida ishlash huquqidan mahrum qilish va 7-yil ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilandi.
Sudlanuvchilar jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi. Hukm ustidan qonunda belgilangan tartibda apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Mahmud Xolbo‘tayev 2025-yil iyul oyida 10 ming dollar pora olayotganda qo‘lga olingan edi. U 2019-yil 26-oktabrdan beri Sharof Rashidov tumanini boshqarib kelgan.