https://oz.sputniknews.uz/20260222/quyosh-doglar-yoqolish-55873978.html
Quyoshda barcha dog‘lar yo‘qoldi — bu nimadan dalolat beradi
Quyoshda barcha dog‘lar yo‘qoldi — bu nimadan dalolat beradi
Sputnik O‘zbekiston
Quyoshda birorta ham dog‘ kuzatilmayapti, faollik indeksi nolga tushdi. Mutaxassislar bu holatni quyosh minimum davri bilan bog‘lamoqda.
2026-02-22T15:45+0500
2026-02-22T15:45+0500
2026-02-22T15:45+0500
rossiya
astronomlar
kosmos
magnit bo‘roni
ilm-fan
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/16/55873520_0:225:1024:801_1920x0_80_0_0_66c31897adaf21ae862b4b7e15ffc785.jpg
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Ayni paytda Quyoshning Yerga qaragan tomonida birorta ham, hatto eng kichik dog‘ ham kuzatilmayapti. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti (KTI) Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, kuyoshning sirti hech qanday qorong‘i belgilarsiz, mukammal yorug‘ disk sifatida ko‘rinmoqda. Dog‘lar Quyosh sirtining deyarli ajralmas qismi bo‘lib, unda magnit maydonining mavjudligi bilan bog‘liq - sirtning qorong‘i qismlari magnit oqimining eng yuqori konsentratsiyasi joylarida hosil bo‘ladi. Quyosh chaqnashlari uchun energiya magnit maydonlaridan olinganligi sababli, dog‘larning soni va maydoni quyosh faolligi darajasi bilan bog‘liq. Dog‘larning to‘liq yo‘qolishi faqat juda past faollik holatida, odatda quyoshli minimum yillarida sodir bo‘ladi.Tarixda Quyosh faolligining uzoq muddatli pasayish davrlari ham bo‘lgan. Eng mashhur misol — 1645–1715 yillardagi Maunder minimumi bo‘lib, u Yevropa va Shimoliy Amerikadagi “Kichik muzlik davri”ning eng sovuq bosqichiga to‘g‘ri kelgan.Mutaxassislar fikricha, hozirgi faollik pasayishi uzoq davom etishi kutilmaydi. Zero, Quyosh siklining eng yuqori cho‘qqisidan atigi 1,5 yil o‘tgan. Shu bois yil boshida kuzatilgan kuchli magnit bo‘ronlaridan so‘ng bunday keskin pasayish kutilmagan holat sifatida baholanmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250727/markaziy-osiyo-katta-quyosh-pechi-50872878.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/16/55873520_0:129:1024:897_1920x0_80_0_0_8434e44d3084861b1f2c90c8cadd8b14.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
quyosh, quyosh dog‘lari, quyosh faolligi, magnit maydoni, quyosh chaqnashi, maunder minimumi, kichik muzlik davri, astronomiya, yer, magnit bo‘roni
quyosh, quyosh dog‘lari, quyosh faolligi, magnit maydoni, quyosh chaqnashi, maunder minimumi, kichik muzlik davri, astronomiya, yer, magnit bo‘roni
Quyoshda barcha dog‘lar yo‘qoldi — bu nimadan dalolat beradi
Quyoshning Yerga qaragan tomonida birorta ham dog‘ kuzatilmayapti. Mutaxassislar bunday holat juda past faollik davriga xos ekanini ta’kidlamoqda
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Ayni paytda Quyoshning Yerga qaragan tomonida birorta ham, hatto eng kichik dog‘ ham kuzatilmayapti. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti (KTI) Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kuyoshning sirti hech qanday qorong‘i belgilarsiz, mukammal yorug‘ disk sifatida ko‘rinmoqda.
Dog‘lar Quyosh sirtining deyarli ajralmas qismi bo‘lib, unda magnit maydonining mavjudligi bilan bog‘liq - sirtning qorong‘i qismlari magnit oqimining eng yuqori konsentratsiyasi joylarida hosil bo‘ladi. Quyosh chaqnashlari uchun energiya magnit maydonlaridan olinganligi sababli, dog‘larning soni va maydoni quyosh faolligi darajasi bilan bog‘liq. Dog‘larning to‘liq yo‘qolishi faqat juda past faollik holatida, odatda quyoshli minimum yillarida sodir bo‘ladi.
Oxirgi marta Quyosh 2021-yil 11-dekabrda dog‘siz holatda qayd etilgan edi. Kecha esa 2024-yildan beri birinchi marta chaqnash faolligi indeksi ham nolga teng bo‘ldi.
Tarixda Quyosh faolligining uzoq muddatli pasayish davrlari ham bo‘lgan. Eng mashhur misol — 1645–1715 yillardagi Maunder minimumi bo‘lib, u Yevropa va Shimoliy Amerikadagi “Kichik muzlik davri”ning eng sovuq bosqichiga to‘g‘ri kelgan.
Mutaxassislar fikricha, hozirgi faollik pasayishi uzoq davom etishi kutilmaydi. Zero, Quyosh siklining eng yuqori cho‘qqisidan atigi 1,5 yil o‘tgan. Shu bois yil boshida kuzatilgan kuchli magnit bo‘ronlaridan so‘ng bunday keskin pasayish kutilmagan holat sifatida baholanmoqda.