https://oz.sputniknews.uz/20260220/bmt-55834074.html
BMTning vaqtinchalik choralar to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi belgilandi
BMTning vaqtinchalik choralar to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
BMTning shartnomaviy qo‘mitalari tomonidan yuborilgan vaqtinchalik choralar to‘g‘risidagi murojaat TIV orqali kelib tushgandan so‘ng 1 kun muddatda Inson huquqlari... 20.02.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-02-20T10:27+0500
2026-02-20T10:27+0500
2026-02-20T10:32+0500
jamiyat
o‘zbekiston
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1a/52256996_0:164:3072:1892_1920x0_80_0_0_f9006e05b25bd187f2523beaa8bf6325.jpg
TOShKENT, 20 fev – Sputnik. Prezident farmoni bilan “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–6012-son farmonga o‘zgartirishlar kiritildi.Farmonning 3-ilovasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, BMTning vaqtinchalik choralar to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi belgilandi.Unga ko‘ra, BMTning shartnomaviy qo‘mitalari tomonidan yuborilgan vaqtinchalik choralar to‘g‘risidagi murojaat Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgandan so‘ng 1 kun muddatda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi va Adliya vazirligiga yuboriladi.Markaz 1 kun muddatda mas’ul davlat organlariga so‘rovnoma yuborib, ulardan vaqtinchalik choralarni amalga oshirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish va zarurat tug‘ilganda, asoslangan tushuntirish taqdim etishni so‘raydi.Davlat organlari 3 kun muddatda amalga oshirilgan chora-tadbirlar yoki amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan tushuntirishni Markazga taqdim etadi.Markaz ishchi guruh bilan birgalikda yig‘ilgan ma’lumotlar asosida 3 kun muddatda Hukumatning rasmiy nuqtayi nazarini shakllantiradi va Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.Hukumatning rasmiy nuqtayi nazari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 2 kun muddatda BMTning shartnomaviy qo‘mitalariga yuboriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251215/un-butunjahon-turkiy-tillar-kun-54168042.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1a/52256996_256:0:2987:2048_1920x0_80_0_0_6de65bb5523eb21948e43521fdf9a747.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, bmt
jamiyat, o‘zbekiston, bmt
BMTning vaqtinchalik choralar to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi belgilandi
10:27 20.02.2026 (yangilandi: 10:32 20.02.2026) BMTning shartnomaviy qo‘mitalari tomonidan yuborilgan vaqtinchalik choralar to‘g‘risidagi murojaat TIV orqali kelib tushgandan so‘ng 1 kun muddatda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi va Adliya vazirligiga yuboriladi.
TOShKENT, 20 fev – Sputnik. Prezident farmoni bilan “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–6012-son farmonga o‘zgartirishlar
kiritildi. Farmonning 3-ilovasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, BMTning vaqtinchalik choralar to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi belgilandi.
Unga ko‘ra, BMTning shartnomaviy qo‘mitalari tomonidan yuborilgan vaqtinchalik choralar to‘g‘risidagi murojaat Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgandan so‘ng 1 kun muddatda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi va Adliya vazirligiga yuboriladi.
Markaz 1 kun muddatda mas’ul davlat organlariga so‘rovnoma yuborib, ulardan vaqtinchalik choralarni amalga oshirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish va zarurat tug‘ilganda, asoslangan tushuntirish taqdim etishni so‘raydi.
Davlat organlari 3 kun muddatda amalga oshirilgan chora-tadbirlar yoki amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan tushuntirishni Markazga taqdim etadi.
Markaz ishchi guruh bilan birgalikda yig‘ilgan ma’lumotlar asosida 3 kun muddatda Hukumatning rasmiy nuqtayi nazarini shakllantiradi va Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.
Hukumatning rasmiy nuqtayi nazari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 2 kun muddatda BMTning shartnomaviy qo‘mitalariga yuboriladi.