https://oz.sputniknews.uz/20260219/aes-kazakhstan-atom-hamkorlik-muhokama-55807615.html
AES va xavfsizlik: Qozog‘iston elchisi bilan atom hamkorligi muhokama qilindi
AES va xavfsizlik: Qozog‘iston elchisi bilan atom hamkorligi muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari Jizzaxdagi AES loyihasi, yadroviy xavfsizlik va atom sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Tomonlar muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.
2026-02-19T10:11+0500
2026-02-19T10:11+0500
2026-02-19T10:11+0500
o‘zbekiston
o‘zatom
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
atom energetikasi
uchrashuv
jamiyat
qozog‘iston
aes
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/13/55807436_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_3bc7654441465f4f01f6054156245b9f.jpg
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. “O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev va Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamqulov o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.Tomonlar tinch atom sohasidagi hamkorlik, Jizzax viloyatida rejalashtirilayotgan AES loyihasi, shuningdek, yadroviy va ekologik xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.Uchrashuvda kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar, radioekologik monitoring va favqulodda vaziyatlarda tezkor axborot almashish mexanizmlarini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, tegishli idoralar o‘rtasida doimiy ishchi aloqa kanalini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.Tomonlar atom energetikasi bo‘yicha mintaqaviy kompetensiyalar markazi doirasida qo‘shma ta’lim dasturlari va ekspert hamkorligini kengaytirishga qiziqish bildirdilar. Shuningdek, muloqotni davom ettirishga kelishib olindi. Bu, xususan, 2026-yilda Qozog‘iston Atom energiyasi agentligi vakillarining “O‘zatom”ga rejalashtirilgan ishchi tashrifi doirasida amalga oshiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260211/onkologiya-kamaytirish-rosatom-strategiya-55614599.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/13/55807436_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_9776b2b27b58b095ea1f44243f0e6829.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zatom, qozog‘iston, aes, jizzax, atom energetikasi, yadroviy xavfsizlik, vena konvensiyasi, o‘zbekiston–qozog‘iston hamkorligi
o‘zatom, qozog‘iston, aes, jizzax, atom energetikasi, yadroviy xavfsizlik, vena konvensiyasi, o‘zbekiston–qozog‘iston hamkorligi
AES va xavfsizlik: Qozog‘iston elchisi bilan atom hamkorligi muhokama qilindi
Uchrashuvda Jizzax viloyatidagi AES loyihasi, yadroviy va ekologik xavfsizlik, shuningdek, atom sohasidagi qo‘shma hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. “O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev va Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamqulov o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati
xabar berdi.
Tomonlar tinch atom sohasidagi hamkorlik, Jizzax viloyatida rejalashtirilayotgan AES loyihasi, shuningdek, yadroviy va ekologik xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.
Qozog‘iston tomoni O‘zbekistonning Vena konvensiyasiga qo‘shilishini yuqori baholab, bu qo‘shni davlatlar uchun yadroviy xavfsizlik bo‘yicha muhim huquqiy kafolat ekanini ta’kidladi.
Uchrashuvda kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar, radioekologik monitoring va favqulodda vaziyatlarda tezkor axborot almashish mexanizmlarini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, tegishli idoralar o‘rtasida doimiy ishchi aloqa kanalini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar atom energetikasi bo‘yicha mintaqaviy kompetensiyalar markazi doirasida qo‘shma ta’lim dasturlari va ekspert hamkorligini kengaytirishga qiziqish bildirdilar.
Shuningdek, muloqotni davom ettirishga kelishib olindi. Bu, xususan, 2026-yilda Qozog‘iston Atom energiyasi agentligi vakillarining “O‘zatom”ga rejalashtirilgan ishchi tashrifi doirasida amalga oshiriladi.