Sug‘urta kompaniyalaridan 2,8 mlrd so‘m undirildi — qanday qoidabuzarliklar aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPolis avtostraxovaniya
Polis avtostraxovaniya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2026
Obuna bo‘lish
Murojaatlarning yarmidan ko‘pi avtotransport vositalari egalarining majburiy sug‘urtasi bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘p holatlarda to‘lovlar rad etilgan yoki kechiktirilgan.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Raqobat qo‘mitasi tomonidan sug‘urta xizmatlari yo‘nalishida 1 000 taga yaqin murojaat ko‘rib chiqilib, iste’molchilar foydasiga 2,8 milliard so‘m to‘lab berilishi ta’minlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.
Tahlillarga ko‘ra, murojaatlarning 50 foizdan ortig‘i avtotransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalari bilan bog‘liq.
Jumladan, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar turli sabablar bilan rad etilgan, qoplab berilmagan yoki kechiktirilgan.
Qayd etilishicha, sug‘urta tashkilotlari qonunchilikdagi o‘zgarishlar asosida yangi shartnomalarda ish olib bormoqdalar. Biroq elektron sug‘urta xizmatlari tahlili qator kamchiliklarni aniqladi:
elektron polis bo‘yicha ommaviy shartnomalar yangi qoidalarga moslashtirilmagan;
ayrim shartnomalar davlat tilida taqdim etilmagan;
to‘lov muddatlari, istisnolar va penya to‘lash tartibi to‘liq yozilmagan;
veb-saytlarda ma’lumotlar yangilanmagan yoki mavjud emas;
yangilangan qonunchilikka rasmiy havolalar joylashtirilmagan;
onlayn polis rasmiylashtirishdan oldin shartlar bilan tanishish imkoniyati yaratilmagan.
Qo‘mitaning ta’kidlashicha, iste’molchilarga to‘liq va tushunarli ma’lumot berilmasligi turli kelishmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, vakolatli organ barcha sug‘urta kompaniyalariga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar bergan.
Passajiri u informatsionnogo tablo v aeroportu Domodedovo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2025
Aliment to‘lovchilar sug‘urta bilan vaqtinchalik chet elga chiqishi mumkin bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0