Ramazonda 6 ming bemor bepul davolanadi, ehtiyojmand va keksalarga moddiy yordam beriladi

© Sputnik / Sgenerirovano IISotsialnaya pomosh starikam
Sotsialnaya pomosh starikam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2026
Obuna bo‘lish
Yordam Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestridagilarga hamda yetim bolalar yashayotgan oilalarga ajratiladi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi. Bu haqda tegishli prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 6 ming nafar bemor a’zosining davolanishi va jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq xarajatlar qoplab beriladi.
Shuningdek, quyidagi toifadagi shaxslarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratiladi:
Ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestridagi fuqarolarga;
yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalarga.
Ijtimoiy reyestrning “kambag‘al oila” toifasidagi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga 500 ming so‘mdan yordam ko‘rsatiladi.
Mablag‘lar 1-martga qadar oilalarning ijtimoiy karta yoki bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.
O‘zbekistonda hayit, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2026
O‘zbekistonda Ramazon oyini o‘tkazish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi
Yangiliklar lentasi
0