Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kupanskda “sovuq jahannam”: Ukraina harbiylarining 30 foizi sovuq tufayli safdan chiqmoqda

© AP Photo / LIBKOSUkrainalik askarlar, arxiv surat
Ukrainalik askarlar, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi Kupansk-Uzlovoy hududida Ukraina Qurolli kuchlari og‘ir sharoitda qolganini bildirdi. Bayonotda asirlar guvohliklari va radiomuzokaralar ma’lumotlari keltirilgan.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Xarkov viloyatining Kupansk-Uzlovoy hududida Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari halokatli vaziyatda qolgani haqida ma’lum qildi.
Vazirlik bayonotida asirga olingan harbiy xizmatchilarning guvohliklari va radiomuzokaralar ma’lumotlari e’lon qilingani qayd etilgan.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina Milliy gvardiyasining 1-maxsus topshiriqlar brigadasi hamda 43-mexanizatsiyalashgan brigada bo‘linmalari Oskol darosining sharqiy qirg‘og‘ida, Kupansk-Uzlovoy aholi punkti janubida qamal holatida qolgan.
Bayonotda ta’kidlanishicha, harbiylar sovuq urishi va haddan tashqari sovqotish tufayli katta sanitariya yo‘qotishlariga duch kelmoqda. Shaxsiy tarkibning bir qismi sovuq urishi oqibatida safdan chiqmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligining jurnalistlarga ma’lum qilishicha, mazkur hududda ukrainalik harbiylarning 30 foizi aynan sovuq urishi tufayli safdan chiqqan.
Ukraina askarlari ochiq osmon ostidagi okoplarda va tizza bo‘yi loyqa suyuqlik to‘lgan isitilmaydigan blindajlarda isinishsiz va issiq ovqatsiz tunashga majbur bo‘lmoqda. Gulxan yoqishga urinishlar dronlar orqali oson aniqlanadi va aniqlangan pozitsiyalar yo‘q qilinmoqda, deyiladi xabarda.
Shuningdek, radiomuzokaralar ma’lumotlariga tayanib, yaradorlarni evakuatsiya qilish imkoni cheklangani bildirilgan. Vazirlikka ko‘ra, bunday sharoitda yaradorlar muzlab qolish xavfiga duch kelmoqda.
Kupansk yo‘nalishida tungi harorat hozir minus olti darajagacha pasaymoqda. Sovuq yomg‘irlar bilan almashinib turayotgan ob-havo UQK askarlari uchun “haqiqiy sovuq jahannamga aylandi”, deya ta’kidladi vazirlik.
Ushbu haftaning o‘rtalarida haroratning kechalari 11 daraja sovuqqacha pasayishi kutilayotgani sababli, bu vaziyat yanada og‘irlashadi, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Ukrainskiy soldat morznet v zimnem okope iz-za neispravnoy texniki. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
NYT: sovuq va qor Ukraina harbiylari uchun katta muammo tug‘dirmoqda
Yangiliklar lentasi
0