Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Fitso: Ukrainadagi mojaroni qo‘llab-quvvatlayotgan G‘arb xato qilganini tan olishdan qo‘rqmoqda

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishRobert Fitso
Robert Fitso - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2026
Obuna bo‘lish
Fitso 2022-yilda mojaroni to‘xtatish imkoni bo‘lganini aytdi. Uning fikricha, G‘arbning Rossiyaga sanksiyalar qo‘llash va Ukrainaga ko‘makka tayangan strategiyasi ish bermadi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Ukrainadagi mojaroning davom etishini qo‘llab-quvvatlayotgan G‘arb davlatlari bunday strategiyani tanlab xato qilganini tan olishdan qo‘rqmoqda. Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso shunday bayonot berdi.

"Ayrim a’zo davlatlarga (Yevropa Ittifoqi — tahr.) shunday deyish juda og‘ir: biz Ukrainadagi urush masalasida xato qildik. Axir strategiya tushunarli edi… Istanbuldagi stolda (mojaro boshlanganidan ko‘p o‘tmay — tahr.) urushni tugatishi mumkin bo‘lgan kelishuv tayyor edi. Biroq ayrim G‘arb siyosatchilari, avvalo Yevropadan kelganlar, bunday qaror qabul qilmanglar, deb aytdi. Chunki ular bu urush strategiyasi, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, sanksiyalar va kreditlar orqali Rossiyani siyosiy va iqtisodiy jihatdan zaiflashtirish mumkin, deb hisoblashgan. Hozir esa bu strategiya ish bermayotganini hammamiz ko‘rib turibmiz. Ammo uni boshidan qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlarda “yetar” deyishga jur’at yo‘q", — dedi Fitso.

U mazkur bayonotni Marko Rubio bilan Bratislavada bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha qo‘shma matbuot anjumanida aytdi.
2025 yil yanvar oyida Fitso Ukraina bo‘yicha tinchlik shartnomasini imzolash 2022-yilda mojaro boshlanganidan ko‘p o‘tmay G‘arb siyosatchilari bosimi ostida barbod bo‘lganini ta’kidlagan edi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida 2022-yilda Ukraina bilan muzokaralar deyarli yakunlanganini aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Kiyevdan olib chiqilgandan so‘ng Ukraina tomoni barcha kelishuvlarni “uloqtirib yuborgan”, keyin esa Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar olib borishni qonunan taqiqlagan.

2023 yil noyabr oyida Zelenskiyning Oliy Radadagi “Xalq xizmatchisi” partiyasi fraksiyasi rahbari, Milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qo‘mitasi a’zosi David Araxamiya harbiy harakatlar 2022-yil bahorida yakunlanishi mumkin bo‘lganini, biroq Ukraina rasmiylari mamlakatning betarafligiga rozi bo‘lmaganini bildirgan. Uning aytishicha, Istanbulda Rossiya tomoni bilan muzokaralardan so‘ng o‘sha paytdagi Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Kiyevni Rossiya bilan hech qanday hujjat imzolamaslikka va “shunchaki jang qilishga” chaqirgan.
Peregovori predstaviteley RF, SShA i Ukraini v Abu-Dabi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp vakili: Rossiya – Ukraina – AQSh muzokaralari natija bera boshladi
Yangiliklar lentasi
0