https://oz.sputniknews.uz/20260216/navoiy-viloyat-yangi-dastur-55739000.html
Ziyorat turizmi, tuyachilik va yangi ish o‘rinlari: Navoiy viloyati uchun yangi dastur tasdiqlandi
Ziyorat turizmi, tuyachilik va yangi ish o‘rinlari: Navoiy viloyati uchun yangi dastur tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
2026 yilda Navoiy viloyatida yalpi hududiy mahsulotni 7,9%ga oshirish, Karmanada “Qadimiy Karmana” turistik markazini tashkil etish, 60 ta quduq qazish va 4,5 ming aholini kasbga o‘qitish rejalashtirilgan.
2026-02-16T15:18+0500
2026-02-16T15:18+0500
2026-02-16T16:05+0500
o‘zbekiston
yangi qonun
navoiy viloyati
chorva
ziyorat turizmi
turizm
mahalla
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/515/81/5158136_0:19:1000:582_1920x0_80_0_0_15668ca3d7959b0e715cd86bc600abf0.jpg
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. 2026-yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi. Bu bo‘yicha tegishli prezident qarori qabul qilindi.Hujjatga ko‘ra, 2026-yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar quyidagicha:Karmana tumanida renovatsiya asosida milliy uslubdagi madaniy va turizm klasteri shakllantiriladi.Qosim shayx xonaqohi hamda Mirsaid Bahrom ziyoratgohi restavratsiya qilinib, o‘zaro bog‘lanadi.“Yangi avlod” istirohat bog‘i va “Karmana dehqon bozori” bilan uyg‘un holda “Qadimiy Karmana” turistik markazi tashkil etiladi.“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilgan 8 ta qishloq tumanidan tanlangan 16 ta mahallada zamonaviy shahar muhiti yaratiladi.Shu bilan birga, og‘ir toifadagi Konimex va Navbahor tumanlari hamda kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan 12 ta mahallada kompleks infratuzilmaviy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar amalga oshiriladi.2026–2027 yillarda tuyachilik va yilqichilik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida xorijdan sut va go‘sht yo‘nalishidagi zotli tuya hamda otlar olib kelinadi.Shuningdek, grant mablag‘lari asosida aholi va chorvachilik xo‘jaliklaridagi mayda shoxli mollar to‘liq identifikatsiya qilinishi rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260211/navoiy-china-chollanish-kurash-saudi-turizm-55611599.html
o‘zbekiston
navoiy viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/515/81/5158136_100:0:900:600_1920x0_80_0_0_3f42d05d0b49267dbb9b29280a0b9d63.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
navoiy viloyati, 2026-yil, prezident qarori, yalpi hududiy mahsulot, sanoat o‘sishi, qishloq xo‘jaligi, bozor xizmatlari, karmana, qadimiy karmana, qosim shayx xonaqohi, mirsaid bahrom, konimex, navbahor, mahalla infratuzilmasi, tuyachilik, yilqichilik, grant mablag‘lari, o‘zbekiston iqtisodiyoti
navoiy viloyati, 2026-yil, prezident qarori, yalpi hududiy mahsulot, sanoat o‘sishi, qishloq xo‘jaligi, bozor xizmatlari, karmana, qadimiy karmana, qosim shayx xonaqohi, mirsaid bahrom, konimex, navbahor, mahalla infratuzilmasi, tuyachilik, yilqichilik, grant mablag‘lari, o‘zbekiston iqtisodiyoti
Ziyorat turizmi, tuyachilik va yangi ish o‘rinlari: Navoiy viloyati uchun yangi dastur tasdiqlandi
15:18 16.02.2026 (yangilandi: 16:05 16.02.2026) Navoiy viloyatida 2026-yil iqtisodiy faollikni oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va turizmni rivojlantirishga qaratilgan yirik dastur amalga oshiriladi. O‘sishning aniq ko‘rsatkichlari belgilandi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. 2026 yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi. Bu bo‘yicha tegishli prezident qarori
qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, 2026-yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar quyidagicha:
yalpi hududiy mahsulot o‘sishini o‘rtacha 7,9 foizga yetkazish;
bozor xizmatlarini 15,6 foizga;
qishloq xo‘jaligini 5,7 foizga oshirish.
Shuningdek, viloyatni kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish, aholi daromadlarini barqaror oshirish hamda 4,5 ming nafar fuqaroni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish vazifasi qo‘yilgan.
Karmana tumanida renovatsiya asosida milliy uslubdagi madaniy va turizm klasteri shakllantiriladi.
Qosim shayx xonaqohi hamda Mirsaid Bahrom ziyoratgohi restavratsiya qilinib, o‘zaro bog‘lanadi.
“Yangi avlod” istirohat bog‘i va “Karmana dehqon bozori” bilan uyg‘un holda “Qadimiy Karmana” turistik markazi tashkil etiladi.
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilgan 8 ta qishloq tumanidan tanlangan 16 ta mahallada zamonaviy shahar muhiti yaratiladi.
Shu bilan birga, og‘ir toifadagi Konimex va Navbahor tumanlari hamda kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan 12 ta mahallada kompleks infratuzilmaviy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar amalga oshiriladi.
40 ta mahallani ixtisoslashtirish doirasida 60 ta tik quduq qazish, transformator o‘rnatish, elektr va sug‘orish tarmoqlarini yangilash ishlari rejalashtirilgan.
2026–2027 yillarda tuyachilik va yilqichilik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida xorijdan sut va go‘sht yo‘nalishidagi zotli tuya hamda otlar olib kelinadi.
Shuningdek, grant mablag‘lari asosida aholi va chorvachilik xo‘jaliklaridagi mayda shoxli mollar to‘liq identifikatsiya qilinishi rejalashtirilgan.