“Eng yaxshi startap, innovatsion g‘oya”: O‘zbekistonda yangi tanlovlar o‘tkaziladi

© iStock
Obuna bo‘lish
Tanlovlar o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida o‘tkaziladi, g‘oliblar 100 mln so‘mgacha grant olishi mumkin.
TOShKENT, 13 fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-fevral kuni “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
“Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi
Qarorga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan bosqichma-bosqich o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 9–11-sinf o‘quvchilari uchun har oyda kamida ikki marotaba startap g‘oyalarni yaratishga o‘rgatuvchi “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda:
Bunda:
o‘quvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi, tuman darajasidagi g‘oliblarga 5 mln so‘mgacha, viloyat darajasida – 10 mln so‘mgacha miqdorda mukofot beriladi;
loyihalar har chorakda o‘quvchilarning ota-onalari, biznes va ilmiy hamjamiyat vakillariga taqdimot qilinadi;
marketpleyslar bilan hamkorlik o‘rnatib, ta’lim tashkilotlarida yaratilgan mahsulotlarni sotish yo‘lga qo‘yiladi.
“Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi
Qarorga ko‘ra, 2026-yildan har yili startap loyihaga aylantirish salohiyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarni aniqlash bo‘yicha “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Tanlov davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladi va g‘oliblarga 100 mln so‘m grant beriladi. Respublika bosqichi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi, mukofot jamg‘armasi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 10 mlrd so‘m etib belgilanadi.
2026 yil 1-sentabrdan oliy ta’lim tashkilotlarida “Oliygohlar – startaplar generatori” dasturi amalga oshiriladi.
Bunda:
2026 yil 1-sentabrdan oliy ta’lim tashkilotlarida “Oliygohlar – startaplar generatori” dasturi amalga oshiriladi.
Bunda:
oliy ta’lim tashkilotlarida AT-park va venchur jamg‘armalar bilan hamkorlikda talabalar akseleratorlari joriy etiladi;
talabalar uchun nufuzli xalqaro akseleratorlar va universitetlar bilan stajirovka va almashinuv dasturlari yo‘lga qo‘yiladi;
oliy ta’lim tashkilotlariga talabalar va ilmiy xodimlarning istiqbolli startap loyihalariga inkubatsiya markazlari va talabalar akseleratorlari orqali har bir loyihaga 20 ming dollargacha ekvivalentda o‘z mablag‘larini investitsiya qilish huquqi beriladi;
talabalar akseleratorlarida “startap menejer” va “startap treker” lavozimlari ko‘zda tutiladi.
