https://oz.sputniknews.uz/20260212/trump-iran-harbiy-kuch-yuborish-55639197.html
Yaqin Sharqda keskinlik: Tramp Eron tomonga yana qo‘shimcha harbiy kuch yubormoqda
Yaqin Sharqda keskinlik: Tramp Eron tomonga yana qo‘shimcha harbiy kuch yubormoqda
Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yo‘nalishiga qo‘shimcha harbiy kuchlar harakatlanayotganini ma’lum qildi. Pentagon ikkinchi aviatashuvchi zarba guruhini Yaqin Sharqqa joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
2026-02-12T10:08+0500
2026-02-12T10:08+0500
2026-02-12T10:13+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
donald tramp
aqsh
mojaro
aqsh – eron mojarosi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/11/42079497_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_11f720dceb2c9c7ec175c32cc68328a1.jpg
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Qo‘shma Shtatlarning qo‘shimcha harbiy kuchlari AQSh prezidenti Donald Tramp va harbiy vazir Pit Xegsetning buyrug‘i bilan Eron tomon harakatlanmoqda. Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent ma’lum qildi.Bessentning qo‘shimcha qilishicha, Tramp va Xegset bir qator qarorlar qabul qilishi kerak bo‘ladi, biroq gap aynan qanday qarorlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.Avvalroq "Wall Street Journal" nashri ismi oshkor etilmagan amerikalik amaldorlarga tayanib, Pentagon mintaqadagi keskin vaziyat fonida ikkinchi aviatashuvchi zarba guruhini Yaqin Sharqqa joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan edi.6 fevral kuni O‘mon poytaxti Masqatda AQSh va Eron delegatsiyalari o‘rtasida bilvosita muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tramp ular yaxshi o‘tganini va davom etishini ta’kidladi.Shu bilan birga, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi 8-fevral kuni hatto urush xavfi yuzaga kelgan taqdirda ham Eron uranni boyitish huquqini talab qilishini ma’lum qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260207/eron-oz-raketa-dasturini-hech-kim-bilan-muhokama-qilmaydi-55541861.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/11/42079497_22:0:1159:853_1920x0_80_0_0_6fb91e9a537e326238d9ceb294b788f4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh, eron, donald tramp, pit xegset, skott bessent, pentagon, aviatashuvchi, yaqin sharq, masqat, ummon, abbos arakchi, uran boyitish, muzokaralar
aqsh, eron, donald tramp, pit xegset, skott bessent, pentagon, aviatashuvchi, yaqin sharq, masqat, ummon, abbos arakchi, uran boyitish, muzokaralar
Yaqin Sharqda keskinlik: Tramp Eron tomonga yana qo‘shimcha harbiy kuch yubormoqda
10:08 12.02.2026 (yangilandi: 10:13 12.02.2026) AQSh Eron yo‘nalishiga qo‘shimcha harbiy kuchlarni yo‘naltirmoqda, Tehron esa hatto urush xavfi bo‘lsa ham uranni boyitish huquqiga ega ekanini ta’kidlamoqda
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Qo‘shma Shtatlarning qo‘shimcha harbiy kuchlari AQSh prezidenti Donald Tramp va harbiy vazir Pit Xegsetning buyrug‘i bilan Eron tomon harakatlanmoqda. Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent
ma’lum qildi.
"Prezident va vazir Xegset harbiy kuchlarni Eron yo‘nalishiga yubormoqda", — dedi u Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Bessentning qo‘shimcha qilishicha, Tramp va Xegset bir qator qarorlar qabul qilishi kerak bo‘ladi, biroq gap aynan qanday qarorlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq "Wall Street Journal" nashri ismi oshkor etilmagan amerikalik amaldorlarga tayanib, Pentagon mintaqadagi keskin vaziyat fonida ikkinchi aviatashuvchi zarba guruhini Yaqin Sharqqa joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan edi.
Nashr manbalariga ko‘ra, Tramp hozircha ikkinchi zarba guruhini jo‘natish bo‘yicha rasmiy buyruq bermagan. Amaldorlardan biri esa aviatashuvchini joylashtirish to‘g‘risidagi qaror bir necha soat ichida qabul qilinishi mumkinligini aytgan.
6 fevral kuni O‘mon poytaxti Masqatda AQSh va Eron delegatsiyalari o‘rtasida bilvosita muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tramp ular yaxshi o‘tganini va davom etishini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi 8-fevral kuni hatto urush xavfi yuzaga kelgan taqdirda ham Eron uranni boyitish huquqini talab qilishini ma’lum qildi.