Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Italiya Ukrainaga 4 mlrd yevroga yaqin harbiy yordam bergan — elchi

Flag Italii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2026
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Italiyadagi elchisiga ko‘ra, Italiya Ukrainaga harbiy yordamni 2022-yildan buyon uzluksiz davom ettirib, uning umumiy hajmi 4 milliard yevroga yaqinlashgan.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Italiyaning Ukrainaga harbiy yordami hajmi 4 milliard yevroga yaqinlashmoqda. Bu haqda Rossiyaning Rimdagi elchisi Aleksey Paramonov RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Italiyaning Ukrainaga harbiy yordami 2022-yildan buyon uzluksiz davom etmoqda. U ochiq manbalarga tayanib, yanvar oyi oxirida Italiya harbiy-havo kuchlarining S-130 yuk samolyotlari Piza aeroportidan Polshaning Jeshuv aeroportiga ikki reys amalga oshirganini aytdi. Qolgan yetkazib berishlar quruqlik va dengiz orqali amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, nima uchun Italiya Mudofaa vazirligi ushbu yetkazib berishlarni puxta sir saqlaydi, degan savol tug‘iladi.
Shu bilan birga, Kiyev rejimi bunday "saxiylikni" tabiiy qabul qiladi va yanada ko‘proq pul va qurol-yarog‘ talab qiladi, deya qo‘shimcha qildi Paramonov.
Ma’lum qilinishicha, Italiya Vazirlar kengashi 2025-yil dekabrida Ukrainaga 2026-yilda ham yordamni davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Ilgari Ukrainaga harbiy yordamning 12 ta paketi tasdiqlangan.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, yetkazib berilayotgan qurollar ro‘yxati maxfiy, ammo unda SAMP/T havo mudofaasi batareyalari, o‘q-dorilar va zirhli texnikalar borligi aytilgan.
Rossiya tomoni esa Ukrainaga qurol yetkazib berishni mojaroni uzaytiruvchi omil sifatida baholab keladi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bunday yuklar Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidlagan.
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy beseduyet s ranenimi ukrainskimi soldatami vo vremya posesheniya universitetskoy bolnisi Steyten-Aylenda v Nyu-Yorke 18-sentabrya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina 2026-yilda AQShdan rekord darajada kam harbiy yordam oladi
Yangiliklar lentasi
0