https://oz.sputniknews.uz/20260208/tashkent-noqonuniy-din-talim-shaxslar-fosh-55553784.html
Toshkentdagi xonadonda noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxslar fosh etildi
Toshkentdagi xonadonda noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxslar fosh etildi
Sputnik O‘zbekiston
Sirg‘ali tumanidagi xonadonda ikki shaxs voyaga yetmaganlarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgani aniqlandi. Ularga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, ota-onalar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
2026-02-08T15:53+0500
2026-02-08T15:53+0500
2026-02-08T15:53+0500
jinoyat kodeksi
jinoiy javobgarlik
jinoyat
o‘zbekiston
iiv
davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/0d/20061732_0:161:3067:1886_1920x0_80_0_0_26992d188317e66b143171c97469183f.jpg
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanida Ichki ishlar organlari Tezkor-qidiruv departamenti va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida radikallashuvga qarshi kurashish doirasida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.Tadbir davomida Toshkent islom universiteti talabalari bo‘lgan, 1988 va 1999-yillarda tug‘ilgan shaxslar hujra tashkil etgani aniqlandi. Ular viloyatlardan kelgan ikki nafar voyaga yetmagan hamda yana ikki nafar o‘quvchi yoshga yotoq sharoitida qonunga xilof diniy adabiyotlardan foydalangan holda noqonuniy diniy ta’lim berib kelgani ma’lum bo‘ldi.Holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229 prim 2-moddasi 2-qismi (maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmay turib va diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organi ruxsatisiz voyaga yetmaganlarga diniy ta’lim berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.Shuningdek, voyaga yetmaganlarning ota-onalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik) asosida javobgarlikka tortildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250818/namangan-din-saboq-51320492.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/0d/20061732_169:0:2898:2047_1920x0_80_0_0_3d592ba94444e6918c348241b0cfeaec.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, sirg‘ali tumani, dxx, iiv, noqonuniy diniy ta’lim, hujra, voyaga yetmaganlar, jinoyat kodeksi 229 prim 2, ma’muriy javobgarlik, nomdanak mahallasi
toshkent, sirg‘ali tumani, dxx, iiv, noqonuniy diniy ta’lim, hujra, voyaga yetmaganlar, jinoyat kodeksi 229 prim 2, ma’muriy javobgarlik, nomdanak mahallasi
Toshkentdagi xonadonda noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxslar fosh etildi
Tezkor tadbir natijasida yoshlarga yashirin tarzda diniy saboq berib kelingan joy aniqlandi. Qonunga zid faoliyatga chek qo‘yilib, gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi ochildi
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanida Ichki ishlar organlari Tezkor-qidiruv departamenti va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida radikallashuvga qarshi kurashish doirasida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati
xabar berdi.
Tadbir davomida Toshkent islom universiteti talabalari bo‘lgan, 1988 va 1999-yillarda tug‘ilgan shaxslar hujra tashkil etgani aniqlandi. Ular viloyatlardan kelgan ikki nafar voyaga yetmagan hamda yana ikki nafar o‘quvchi yoshga yotoq sharoitida qonunga xilof diniy adabiyotlardan foydalangan holda noqonuniy diniy ta’lim berib kelgani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu faoliyat 2024-yildan buyon Nomdanak mahallasidagi xonadonlardan birida yo‘lga qo‘yilgan.
Holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229 prim 2-moddasi 2-qismi (maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmay turib va diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organi ruxsatisiz voyaga yetmaganlarga diniy ta’lim berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shuningdek, voyaga yetmaganlarning ota-onalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik) asosida javobgarlikka tortildi.