Qoraqalpog‘istonda gigant shamol elektr stansiyalari quriladi

© Telegram/MinenergyVetranaya elektrostansiya
Vetranaya elektrostansiya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2026
Obuna bo‘lish
Ushbu loyihaning umumiy quvvati 7 200 megavattni tashkil etadi, bu Qoraqalpog‘iston energiya ta’minotida asosiy manbalardan biri Taxiatosh IES quvvatidan deyarli 10 barobar ko‘p.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Qoraqolpog‘iston Respublikasida qiymati 8,6 milliard dollarlik gigant shamol elektr stansiyalari quriladi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmati xabar berdi.
Aholi va iqtisodiy tarmoqlarning energiya resurslariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida Saudiya Arabistonining "ACWA Power" kompaniyasi bilan hamkorlikda Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Beruniy tumanlarida umumiy quvvati 7,2 ming megavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyalari qurilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 8,6 milliard dollarni tashkil etadi.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili ushbu kompaniya Qorao‘zak tumanida qiymati 107 million dollar bo‘lgan, quvvati 100 megavattlik shamol elektr stansiyasini ishga tushirgan. Loyiha natijasida yiliga 350 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratildi.
Natijada 100 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga, shuningdek, atmosferaga 180 ming tonna karbonat angidrid chiqindilari tarqalishining oldi olinishiga erishilgan.
Solnechnaya energeticheskaya sistema i vetranie turbini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2025
O‘zbekistonda quyosh va shamol stansiyalari 10 mlrd kVt·soat energiya ishlab chiqardi
Yangiliklar lentasi
0