Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

"Voyenkomat"-tayyorgarlik-gospital: ukrainalik askar jangsiz asirga tushganini so‘zlab berdi

© RIA Novosti / Pavel LisisinVoyennoplenniy VSU. Arxivnoe foto
Voyennoplenniy VSU. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2026
Obuna bo‘lish
Ukrainalik harbiy "yaroqsiz"ligiga qaramay voyenkomat uni Polshaga tayyorgarlikka yuborgani, keyin gospitalda yotgani va jangovor pozitsiyaga ketayotganda asirga olinganini so‘zlab berdi.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Ukrainalik harbiy xizmatchi, serjant Sergey Kulaganing aytishicha, u "yaroqsiz" maqomiga qaramay safarbar qilingan, bir necha oy davomida, jumladan, xorijda tayyorgarlikdan o‘tgan, biroq Rossiyaning "Shimol" guruhi askarlari tomonidan blindaj qazishi kerak bo‘lgan pozitsiyaga yetib bormasdan asirga olingan.

"Meni TSK (hududiy butlash markazi, Ukrainada harbiy komissariatlar shunday ataladi — tahr.) vakillari kutib olishdi, yo‘llanma berishdi, harbiy komissariatga kelishimni va ma’lumotlarni yangilashimni aytishdi. Ular kompyuter orqali harbiy chiptalarni tekshirishdi, keyin avtomatik ravishda VLKdan o‘tish uchun kasalxonaga yo‘llanma yozib berishdi. O‘z vaqtida men gorelka ichganman va narkologda qayd etilganman. U yerda shu haqda yozuv bor edi", — dedi Kulaga RF Mudofaa vazirligi e’lon qilgan videoda.

Uning aniqlik kiritishicha, u harbiy komissarlikka o‘z ixtiyori bilan borgan, chunki Ukrainada 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar bormasa jarima solinishidan qo‘rqqan.
Kulaga Poltavada ikki oy davomida asosiy umumqo‘shin tayyorgarligidan o‘tgan. U "aloqachi" mutaxassisligini olishi kerak edi, ammo yetarli shug‘ullanmagani uchun buni ololmagan va mergan bo‘lib qolgan.
Shundan so‘ng u kasalxonada davolangan, keyin Jitomirdagi qo‘shma rotasiga yuborilgan va Cherkassiga o‘tkazilishidan oldin u yerda yana bir oy bo‘lgan. Keyin Kulaga Polshaga saporlikka o‘qishga olib ketilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yerda polyaklardan tashqari Kanada, Buyuk Britaniya, Estoniya va Malayziyadan instruktorlar bo‘lgan.
Polshadan qaytgan harbiylarga Xarkov yaqiniga blindaj qazishga borishlari aytilgan.
"Ertalab bizni olib ketish uchun mashina keldi, o‘tirib yo‘lga tushdik. Yo‘lda dronlar paydo bo‘ldi, to‘xtadik, keyin g‘ildirak teshildi. Biz chaqirganlarni o‘zimizniki deb o‘yladik. Ular “tezroq yuringlar, dronlar uchapti, biz tomonga yuguringlar”, deb baqirishdi. Biz fuqaro kiyimida edik. Yo‘lni kesib o‘tib, butalar orasiga kirdik. U yerda vayronalar bor edi. Yaqinlashganimizda esa bizni qo‘lga olib, yerga yotqizishdi", — dedi u.
U vatandoshlariga shunday vaziyatga tushganlar uchun halok bo‘lishdan ko‘ra asirga tushish ma’qulroq ekanini aytdi.
Punkt vremennogo soderjaniya ukrainskix voyennoplennix  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
"Piar qilaman deb asirga tushdim" — ukrainalik harbiy qo‘mondonlik harakatlari haqida
Yangiliklar lentasi
0