Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Millionli shartnomalar: Ukrainaga yaroqsiz minalar yetkazib kelgan kompaniya fosh etildi

© Sputnik / StringerGBR Ukraini
GBR Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2026
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina armiyasiga yaroqsiz minalar yetkazgan yoki pulini olgan holda minalarni umuman yetkazib bermagan kompaniya yangi yirik shartnomalar orqali yana katta mablag‘ olishni rejalashtirgan.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlariga 13 million dollarlik yaroqsiz minalar yetkazib bergan xususiy Ukraina kompaniyasi rahbariyati davlat shartnomalari bo‘yicha yana 580 million dollarni o‘zlashtirishni rejalashtirgan. Bu haqda Ukraina Davlat tergov burosi (DTB) boshqaruv bo‘limi boshlig‘i Vadim Priymachok ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Ukraina Bosh prokurori idorasining ma’lum qilishicha, xususiy kompaniya bilan tuzilgan shartnomalar doirasida armiyaga qariyb 13 million dollarlik yaroqsiz minalar yetkazib berilgan, yana 57 million dollarga yaqin mablag‘ kompaniya tomonidan noqonuniy o‘zlashtirilgan.
"Biz 25 milliard grivna (580 million dollar — tahr.) ni qo‘lga kiritish niyatini hujjatlashtirdik va kompaniya tomonidan Ukraina Qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun minalar ishlab chiqarish imkoniyati to‘g‘risida taklif taqdim etilgan. Barcha ishtirokchilar yangi shartnomalar tuzish va keyinchalik yanada ko‘proq pul mablag‘larini qo‘lga kiritish uchun har qanday yo‘l bilan qurol bozorida qolish niyatida edilar", — dedi Priymachok.
Bosh prokuror idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, nomi ochiqlanmagan ushbu kompaniya Ukraina Mudofaa vazirligining harbiy-texnik siyosat departamenti, Mudofaa xaridlari agentligi va Qurolli kuchlar logistika qo‘mondonligi bilan turli xil minalarni yetkazib berish bo‘yicha beshta davlat shartnomasini imzolagan. Shartnomalarning aksariyati bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilgan, biroq yetkazib berish bajarilmagan.
Qayd etilishicha, yetkazib berilgan minalarning bir qismi ham foydalanishga yaroqsiz bo‘lib chiqqan va bu holat ekspertiza xulosasi bilan tasdiqlangan.
Zdanie Generalnoy prokuraturi Ukraini v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Dronlar yetkazilmagan, pul o‘zlashtirilgan: Ukrainada yirik harbiy korrupsiya ishi
Yangiliklar lentasi
0