https://oz.sputniknews.uz/20260203/jizzakh-rivojlantirish-qaror-qabul-qilinish-55446210.html
Jizzaxda yangi shahar barpo etiladi — viloyatni rivojlantirish qarori qabul qilindi
Jizzaxda yangi shahar barpo etiladi — viloyatni rivojlantirish qarori qabul qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Jizzax shahri yaqinida 40 gektarda Yangi Jizzax barpo etiladi. Uylar, bog‘lar yangilanishi va tadbirkorlik markazlari rejalashtirilgan.
2026-02-03T15:26+0500
2026-02-03T15:26+0500
2026-02-03T15:26+0500
o‘zbekiston
jizzax
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/02/48697897_431:301:3173:1844_1920x0_80_0_0_0ef3400eecd818b5264f9898d426d28c.jpg
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani orasidagi 40 gektar bo‘sh yer maydonida Yangi Jizzax shahri barpo etiladi. Bu prezident qarorida 2026–2027 yillarda Jizzax viloyatini rivojlantirish dasturi doirasida belgilangan.Yangi shaharda 1 200 xonadonli 50 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.Qarorga ko‘ra, viloyatni rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha belgilandi:Baxmal, G‘allaorol, Zomin, Forish va boshqa tumanlardagi 57 ta bog‘dorchilikka ixtisoslashgan mahallalarda 5 ming gektar eski bog‘ va tokzorlar yangilanadi.Sharof Rashidov, Do‘stlik, G‘allaorol, Arnasoy va Zafarobod tumanlarida 40 ta mahallani qamrab oluvchi 5 ta tadbirkorlik markazi tashkil etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251224/surxondaryo-rivojlantirish-rejalar-54436900.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/02/48697897_723:255:2842:1844_1920x0_80_0_0_e2356835e70fd02a08ffd136865be01f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jizzax, sharof rashidov, yangi jizzax shahri, 40 gektar, ko‘p qavatli uylar, yalpi hududiy mahsulot, bog‘dorchilik, tadbirkorlik markazi
jizzax, sharof rashidov, yangi jizzax shahri, 40 gektar, ko‘p qavatli uylar, yalpi hududiy mahsulot, bog‘dorchilik, tadbirkorlik markazi
Jizzaxda yangi shahar barpo etiladi — viloyatni rivojlantirish qarori qabul qilindi
2026–2027 yillarda Jizzax viloyatini rivojlantirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi. Unda yangi shahar barpo etish, uylar qurish va bog‘larni yangilash rejalashtirilgan.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani orasidagi 40 gektar bo‘sh yer maydonida Yangi Jizzax shahri barpo etiladi. Bu prezident qarorida 2026–2027 yillarda Jizzax viloyatini rivojlantirish dasturi
doirasida belgilangan.
Yangi shaharda 1 200 xonadonli 50 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.
Qarorga ko‘ra, viloyatni rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha belgilandi:
yalpi hududiy mahsulot hajmini yillik o‘rtacha 8,5 foizga oshirish;
sanoat ishlab chiqarishini 7,8 foizga, xizmatlar hajmini 13,2 foizga, qishloq xo‘jaligini 4,6 foizga ko‘paytirish;
2026 yilda ishsizlik darajasini 3 foizga, kambag‘allikni 2,8 foizga tushirish.
Shuningdek, Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Baxmal, G‘allaorol, Do‘stlik, Zomin va Zafarobod tumanlarini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish maqsad qilingan.
Baxmal, G‘allaorol, Zomin, Forish va boshqa tumanlardagi 57 ta bog‘dorchilikka ixtisoslashgan mahallalarda 5 ming gektar eski bog‘ va tokzorlar yangilanadi.
Sharof Rashidov, Do‘stlik, G‘allaorol, Arnasoy va Zafarobod tumanlarida 40 ta mahallani qamrab oluvchi 5 ta tadbirkorlik markazi tashkil etiladi.