“Uzbekistan Airways”da kutilgan o‘zgarishlar: prezident taqdimot bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaObsujdeni meri po razvitiyu grajdanskoy aviatsii
Obsujdeni meri po razvitiyu grajdanskoy aviatsii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2026
Obuna bo‘lish
Taqdimotda Navoiy aeroportiga imtiyozlar berish, aviatsiya sohasi uchun kadrlar tayyorlash, shtatlarni maqbullashtirish, IPO va nosohaviy faoliyatni moliyalashtirishni to‘xtatish masalalari ko‘rib chiqildi
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligini oshirish va aviatsiya korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taklifga ko‘ra, Navoiy xalqaro aeroporti "Uzbekistan Airports"ning markazlashgan boshqaruvidan ajratilib, mahalliy va xorijiy aviakompaniyalar bilan yo‘lovchi va yuk tashish, tranzit va texnik qo‘nishlar bo‘yicha mustaqil muzokaralar olib borish huquqiga ega bo‘ladi.

Aeroport daromadlari infratuzilmani modernizatsiya qilishga yo‘naltirilib, aviatsiya xizmatlari eksportini oshirish ko‘zda tutilgan.

Biznes-rejaga muvofiq, tijorat va noaviatsion faoliyat 50 foizga oshiriladi, 25 dan ortiq aviakompaniyaning doimiy parvozlari yo‘lga qo‘yiladi, qayta ishlanadigan yuk hajmi 20 ming tonnadan oshiriladi.
Hududda havo kemalariga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan "porto-franko" erkin bojxona zonasi tashkil etish taklif qilindi. 2029-yil 1-yanvargacha maxsus texnika va ehtiyot qismlar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. Aeroport hududidagi mehmonxona ham uning tasarrufiga o‘tkaziladi.
Transformatsiya doirasida energiya tejovchi texnologiyalar va elektr transport vositalarini joriy etish, tashkiliy tuzilmalarni qayta ko‘rib chiqish, shtatlarni maqbullashtirish, xalqaro kredit reytingini oshirish, IPO va korporativ obligatsiyalar chiqarish rejalashtirilgan.
2026 yildan "Uzbekistan Airways" va "Uzbekistan Airports" tomonidan nosohaviy faoliyatni moliyalashtirish to‘xtatiladi. Ularning faoliyati tegishlicha 16 va 18 ustuvor vazifa asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, Fuqaro aviatsiyasi universiteti va aviatsiya texnikumini tashkil etish ishlari ko‘rib chiqildi. Ta’lim muassasalari AQShning Embry-Riddle va Fransiyaning ENAC markazlari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilib, uchuvchi, muhandis, dispetcher va texnik mutaxassislar tayyorlanadi.
Prezident takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Airbus A320 Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2025
O‘zbekiston yana 22ta Boeing sotib oladi
Yangiliklar lentasi
0