1 martdan "propiska" ma’lumotlarini onlayn to‘g‘rilash mumkin bo‘ladi

© YePIGUYediniy portal interaktivnix gosudarstvennix uslug (YePIGU).
Yediniy portal interaktivnix gosudarstvennix uslug (YePIGU). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2026
Obuna bo‘lish
Mazkur qaror uyda begonalar "propiska"da turib qolishi yoki manzil ma’lumotlarida xatolar uchrashi kabi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.
2026 yil 1-martdan fuqarolar yashash joyi bo‘yicha ro‘yxat (propiska) ma’lumotlaridagi xatolarni onlayn tarzda to‘g‘rilash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu tartib 30-yanvarda imzolangan hukumat qarori bilan joriy etildi.
Hujjatga ko‘ra, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uy manzilida ro‘yxatda turgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni tekshirish va ularni to‘g‘rilash mumkin bo‘ladi. Buning uchun Ichki ishlar organlariga shaxsan murojaat qilish talab etilmaydi.
Yangi tartib mulkdorlarga o‘z uyida kimlar ro‘yxatda turganini aniqlash, noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlarni bartaraf etish, shuningdek, manzil bilan bog‘liq xatolarni qisqa muddatda to‘g‘rilash imkonini beradi.
Qarorga muvofiq, murojaatlar avtomatik ravishda davlat axborot tizimlari orqali tekshiriladi. Jumladan, “Manzil” axborot tizimi, IIV ma’lumotlar bazalari, sud qarorlari, mahalla ma’lumotlari, FHDYo yagona elektron arxivi hamda kadastr axborotlari o‘zaro integratsiya qilinadi.
Aksariyat holatlarda so‘rovlar real vaqtda ko‘rib chiqiladi, ayrim holatlarda esa bir ish kuni ichida javob beriladi.
Xizmat bepul bo‘lib, natijada fuqaroga QR-kodli “Qayd varag‘i” yoki manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar haqida ma’lumotnoma taqdim etiladi.
Noutbukda ishlayotgan qiz, arxiv foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2026
Aholini ro‘yxatga olish savolnomasini xato to‘ldirganlarga ogohlantirish yuborilmoqda
Yangiliklar lentasi
0