Davlat ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlarini qoplab beradi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDlya studentov tashkentskogo filiala MIFI postroili obshejitie
Dlya studentov tashkentskogo filiala MIFI postroili obshejitie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2026
Obuna bo‘lish
Bunday imtiyozdan faqat kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar foydalanishi mumkin.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning talaba farzandlari uchun davlat OTMlari talabalar turar joylarida yashash xarajatlarini qoplash tartibi joriy etildi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.
Ushbu imtiyoz davlat OTMlarida kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga, grant yoki kontrakt asosida tahsil olishidan qat’i nazar, davlat budjeti hisobidan qo‘llanadi.
Talabaning turar joylaridagi yashash xarajatlari oila “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan sanadan boshlab 12 oy davomida qoplab beriladi.
Talabalar turar joyiga bunday talabalar ustuvorlik asosida, navbatsiz joylashtiriladi.
Buning uchun talaba har oyning 7-sanasiga qadar OTM rektori (filial direktori) nomiga ariza beradi yoki kontrakt.edu.uz orqali onlayn murojaat qiladi. Ariza o‘quv yili davomida bir marta topshiriladi.
Fakultet mas’ullari arizalarni 1 kun ichida komissiyaga taqdim etadi, komissiya esa yana 1 kun muddatda ko‘rib chiqib, qaror qabul qiladi.
Prirodniy gaz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2026
Ehtiyojmand oilalarga 1,2 trln so‘m moddiy yordam berildi
Yangiliklar lentasi
0