Ishlab chiqarilganiga 50-yildan oshgan avtomobillardan foydalanish taqiqlandi

© Sputnik / Stringer"Moskvich-403" na vistavke retro-avtomobiley v "Uzekspotsentre" Tashkenta
Moskvich-403 na vistavke retro-avtomobiley v Uzekspotsentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2026
Obuna bo‘lish
Ularni qayta ro‘yxatga olish taqiqlanadi va davlat ro‘yxatidan chiqariladi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot tizimining “Ma'muriy amaliyot” moduli mas’ul vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga integratsiya qilinadi. Bu tartib yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasini raqamlashtirishga oid qabul qilingan hukumat qarorida nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan quyidagi tartiblar joriy etiladi:
umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari, kon, shaxta va karyerlarda qo‘llaniladigan maxsus transport vositalari, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar, shuningdek, “antikvar” avtomototransportlar uchun alohida seriyali davlat raqam belgilari beriladi;
ishlab chiqarilganiga 50-yil va undan ortiq bo‘lgan transport vositalaridan foydalanish hamda ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi, bunday transportlar davlat ro‘yxatidan chiqariladi.
Shuningdek, avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada mulkdorning manzilini ko‘rsatish talabi bekor qilinadi.
Avtomototransportni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida quyidagi hujjatlarni vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olish yo‘lga qo‘yiladi:
avtomototransport oldi-sotdi shartnomasi;
“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ tomonidan berilgan auksion bayonnomalari;
davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositalariga oid elektron hisob-ma’lumotlar;
avtomototransport vositasi mulkdorining ma’lumotlari.
Moskvich-2140
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2025
Ishlab chiqarilganiga 50-yildan oshgan avtomobillardan foydalanish taqiqlanishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0