Soliq qoidabuzarliklari haqidagi xabarlar uchun fuqarolarga qariyb 34 mlrd so‘m to‘landi

© Pexels / Karolina GrabowskaChek
Chek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2026
Obuna bo‘lish
“Soliq hamkor” tizimi orqali kelib tushgan murojaatlar asosida minglab tekshiruvlar o‘tkazildi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. 2025 yilda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga 48 602 ta holat bo‘yicha undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida jami 33,7 milliard so‘m mukofot to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Soliq” mobil ilovasidagi “Soliq hamkor” tizimi orqali jami 112 412 ta murojaat kelib tushgan.
Qayd etilgan huquqbuzarliklar quyidagilarni tashkil etgan:
101 236 ta — xaridorga chek berilmagani;
4 185 ta — to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik holatlari;
236 ta — plastik karta orqali to‘lovda xarid summasini sun’iy oshirish;
6 755 ta — boshqa turdagi soliq huquqbuzarliklari.
Shu bilan birga, murojaatlarning 56 617 tasi takroriy ekani yoki shikoyat tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv jarayoni davom etayotgani sababli ko‘rib chiqilmagan.
Kelib tushgan murojaatlar asosida 49 025 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 98,8 foizida huquqbuzarlik holatlari tasdiqlangan.
V Karakalpakstane zaderjani vimogateli v otnoshenii predprinimatelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2025
DXX: Nukusda soliqchilarning tadbirkorga nisbatan tamagirlikka urinishiga chek qo‘yildi
Yangiliklar lentasi
0