Firibgarlik yo‘li bilan fuqaro nomiga olingan onlayn kredit ushbu fuqarodan undirilmaydi

© Sputnik / Baxrom XatamovDevushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom
Devushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2026
Obuna bo‘lish
Frod, ya’ni shaxs roziligisiz uning nomiga firibgarlik yo‘li bilan onlayn kredit rasmiylashtirilgan va fuqaro jabrlanuvchi deb topilgan holatlarda, kredit tashkiloti qarzni undirishni to‘xtatadi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda frod sabab fuqaro nomiga onlayn kredit rasmiylashtirilgan va u jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan bo‘lsa, kredit tashkiloti kredit va foizlarni undirishni to‘xtatadi. Tegishli nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur nizom jismoniy shaxslarga masofadan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish jarayonida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, frod holatlarining oldini olish bo‘yicha minimal talablarni belgilaydi.
Nizomga muvofiq, fuqaro jabrlanuvchi deb surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning qarori, shuningdek sud ajrimi asosida e’tirof etiladi.
Kredit tashkiloti onlayn kredit ajratish jarayonida frod holatini sodir etgan shaxsdan yetkazilgan moddiy zararni regress, ya’ni aybdor shaxsdan zararni qoplatish tartibida undirishi mumkin.
Shu bilan birga, kredit tashkiloti frod holatiga shubha tug‘ilgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin.
Agar surishtiruv, dastlabki tergov natijalari yoki sud qaroriga asosan frod holati mavjud emasligi aniqlansa, kredit tashkiloti onlayn kredit hamda unga bog‘liq foizlarni hisoblash va undirishni davom ettiradi.
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po povisheniyu effektivnosti borbi s kiberprestupnostyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2025
Onlayn-kredit firibgarlari qurbonlaridan qarzni undirish bekor qilinadi
Yangiliklar lentasi
0