https://oz.sputniknews.uz/20260120/uzbekistan-migratsiya-raqamlashtirilish-55003311.html
O‘zbekistonda "Aqlli" migratsiya shoxobchalari joriy etiladi
O‘zbekistonda "Aqlli" migratsiya shoxobchalari joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda migratsiya va personallashtirish sohasi raqamlashtiriladi. 2026-yildan sun’iy intellekt asosidagi "Aqlli" migratsiya shoxobchalari, elektron viza muddatini uzaytirish va yangi xizmatlar joriy etiladi.
2026-01-20T10:11+0500
2026-01-20T10:11+0500
2026-01-20T14:32+0500
migrantlar
iiv
sun’iy intellekt
raqamli texnologiyalar
o‘zbekiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/938/03/9380346_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_858c92aa8b8ed00f7a9e0b4bee7e9b9f.jpg
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyati raqamlashtiriladi. Bu bo‘yicha tegishli prezident qarori qabul qilindi.Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-maydan eksperiment tariqasida Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bittadan tuman (shahar) migratsiya va personallashtirish bo‘linmasida o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega, sun’iy intellekt asosidagi "Aqlli" migratsiya shoxobchalari tashkil etiladi.Eksperiment doirasida:Bundan tashqari, chet el fuqarolariga O‘zbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomani rasmiylashtirish vakolati ham Departament va uning hududiy boshqarmalariga yuklanadi.2026 yil 1-sentabrdan talabalarni yotoqxonaga joylashtirish bo‘yicha shartnoma tuzish bilan bir vaqtda ularni turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning kompozit tartibi joriy etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251119/kasb-javobgarlik-migratsiya-ozgarishlar-53573861.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/938/03/9380346_164:0:1064:675_1920x0_80_0_0_0969e4c7d02d073470d67d09423fd34c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, migratsiya xizmati, migratsiya va personallashtirish, ichki ishlar vazirligi, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, aqlli migratsiya shoxobchasi, elektron viza, chet el fuqarolari, mehnat migratsiyasi, talabalar ro‘yxati, toshkent, samarqand, farg‘ona, qoraqalpog‘iston
o‘zbekiston, migratsiya xizmati, migratsiya va personallashtirish, ichki ishlar vazirligi, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, aqlli migratsiya shoxobchasi, elektron viza, chet el fuqarolari, mehnat migratsiyasi, talabalar ro‘yxati, toshkent, samarqand, farg‘ona, qoraqalpog‘iston
O‘zbekistonda "Aqlli" migratsiya shoxobchalari joriy etiladi
10:11 20.01.2026 (yangilandi: 14:32 20.01.2026) Migratsiya sohasida davlat xizmatlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt asosida xizmat ko‘rsatish va chet el fuqarolari uchun yangi tartiblarni joriy etish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyati raqamlashtiriladi. Bu bo‘yicha tegishli prezident qarori
qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-maydan eksperiment tariqasida Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bittadan tuman (shahar) migratsiya va personallashtirish bo‘linmasida o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega, sun’iy intellekt asosidagi "Aqlli" migratsiya shoxobchalari tashkil etiladi.
dastlabki bosqichda "Aqlli" migratsiya shoxobchalarida belgilangan davlat xizmatlari ko‘rsatiladi;
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish orqali taqdim etiladigan xizmatlar turlari bosqichma-bosqich kengaytirib boriladi.
Shuningdek, 2026-yil 1-maydan Migratsiya va personallashtirish departamenti hamda uning hududiy boshqarmalariga O‘zbekistonga elektron kirish vizasi asosida kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning elektron vizalari amal qilish muddatini bir marta, 30 kungacha uzaytirish huquqi beriladi.
Bundan tashqari, chet el fuqarolariga O‘zbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomani rasmiylashtirish vakolati ham Departament va uning hududiy boshqarmalariga yuklanadi.
2026 yil 1-sentabrdan talabalarni yotoqxonaga joylashtirish bo‘yicha shartnoma tuzish bilan bir vaqtda ularni turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning kompozit tartibi joriy etiladi.