https://oz.sputniknews.uz/20260120/mansabdorlar-sud-ishtirok-majburiy-55006242.html
Mansabdor xatosi uchun halol shaxs javobgar bo‘lmasligi taklif etildi — parlament ma’qulladi
Mansabdor xatosi uchun halol shaxs javobgar bo‘lmasligi taklif etildi — parlament ma’qulladi
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida fuqarolar va tadbirkorlar huquqlarini sud orqali himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Yangi ma’muriy mexanizmlar joriy etiladi.
2026-01-20T12:21+0500
2026-01-20T12:21+0500
2026-01-20T14:35+0500
sudya
o‘zbekiston
jamiyat
tadbirkor
oliy majlis qonunchilik palatasi
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/1c/48162729_0:47:800:497_1920x0_80_0_0_6d0b5871f57485d217c99af98795abab.png
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.Loyihada "ishonchning huquqiy himoyasi" prinsipi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, davlat organi qaror yoki hujjatiga ishonib, vijdonan harakat qilgan fuqaro yoki tadbirkorning huquqlari himoya qilinadi, davlat organi xatosi uchun halol faoliyat yuritgan shaxs javobgar bo‘lmaydi.Shuningdek, ma’muriy sud ishlarida dastlabki eshituv instituti joriy etilib, sud muhokamasigacha dalillarni to‘plash, da’vo talablarini aniqlashtirish va taraflarni kelishtirish imkoniyati yaratiladi.Bundan tashqari, sudga hurmatsizlik qilganlik yoki sud hujjatlarini ijro etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish vakolati bevosita ma’muriy sudlarga beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251125/sudya-mustaqillik-kadrlar-tanlov-53715598.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/1c/48162729_38:0:763:544_1920x0_80_0_0_27e3b08413eb20fbe481fbef2723e2a7.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, ma’muriy sud, qonun loyihasi, fuqarolar huquqlari, tadbirkorlik subyektlari, sud orqali himoya, ishonchning huquqiy himoyasi, davlat organlari, mansabdor shaxslar, sud jarimasi,oliy majlis qonunchilik palatasi
o‘zbekiston, ma’muriy sud, qonun loyihasi, fuqarolar huquqlari, tadbirkorlik subyektlari, sud orqali himoya, ishonchning huquqiy himoyasi, davlat organlari, mansabdor shaxslar, sud jarimasi,oliy majlis qonunchilik palatasi
Mansabdor xatosi uchun halol shaxs javobgar bo‘lmasligi taklif etildi — parlament ma’qulladi
12:21 20.01.2026 (yangilandi: 14:35 20.01.2026) Ma’muriy sud ishlarini yuritishda davlat organlari mas’uliyatini oshirish, fuqarolar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi parlamentda birinchi o‘qishda ma’qullandi
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda
qabul qilindi.
Loyihada "ishonchning huquqiy himoyasi" prinsipi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, davlat organi qaror yoki hujjatiga ishonib, vijdonan harakat qilgan fuqaro yoki tadbirkorning huquqlari himoya qilinadi, davlat organi xatosi uchun halol faoliyat yuritgan shaxs javobgar bo‘lmaydi.
Shuningdek, ma’muriy sud ishlarida dastlabki eshituv instituti joriy etilib, sud muhokamasigacha dalillarni to‘plash, da’vo talablarini aniqlashtirish va taraflarni kelishtirish imkoniyati yaratiladi.
Davlat organlari mansabdor shaxslarining sud majlislarida majburiy ishtiroki belgilanadi va asossiz sabablar bilan sudga kelmagan mansabdorlarga nisbatan jarima qo‘llash nazarda tutilmoqda. Bu sud jarayonlarida ochiqlik va tortishuvni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, sudga hurmatsizlik qilganlik yoki sud hujjatlarini ijro etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish vakolati bevosita ma’muriy sudlarga beriladi.