Nozik shama — Tramp Kanada, Grenlandiya va Venesuelani AQSh bayrog‘i ranglarida e’lon qildi

© Stranitsa D.Trampa v sosseti Truth SocialTramp opublikoval fotografiyu, izobrajayushuyu Kanadu, Grenlandiyu, Venesuelu v sostave SShA
Tramp opublikoval fotografiyu, izobrajayushuyu Kanadu, Grenlandiyu, Venesuelu v sostave SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2026
Obuna bo‘lish
Donald Tramp Kanada, Grenlandiya va Venesuela hududlari AQSh bayrog‘i ranglari bilan aks ettirilgan, shuningdek, Grenlandiyaga Amerika bayrog‘ini o‘rnatishni tasvirlovchi suratlarni e’lon qildi
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Kanada, Grenlandiya va Venesuela hududlari AQSh bayrog‘i ranglari bilan aks ettirilgan tasvirlarni e’lon qildi.
E’lon qilingan birinchi suratda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi kabinetiga o‘xshash joyda Venesuela, Kanada va Grenlandiya hududlari AQSh bayrog‘i ranglariga bo‘yalgan xaritalarni Yevropa davlatlari rahbarlariga namoyish etayotgandek tasvirlangan.
Xususan, suratda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer, Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen, Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda NATO bosh kotibi Mark Rutte aks etgan.
© Stranitsa D.Trampa v sosseti Truth SocialTramp opublikoval fotografiyu, izobrajayushuyu Kanadu, Grenlandiyu, Venesuelu v sostave SShA
Tramp opublikoval fotografiyu, izobrajayushuyu Kanadu, Grenlandiyu, Venesuelu v sostave SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2026
Tramp opublikoval fotografiyu, izobrajayushuyu Kanadu, Grenlandiyu, Venesuelu v sostave SShA
Ikkinchi suratda Tramp Grenlandiya hududida Amerika bayrog‘ini o‘rnatayotgan holda aks ettirilgan. Uning yonida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va vitse-prezident Jey Di Vens tasvirlangan. Surat ostida Grenlandiya 2026-yilda AQSh hududiga aylangani haqida yozuv keltirilgan.
Qayd etilishicha, ushbu tasvirlar Trampning avvalroq Kanada AQShning 51-shtati bo‘lishi kerakligi haqidagi bayonotlari, shuningdek, Daniya tarkibidagi Grenlandiyaga nisbatan bildirilgan da’volari fonida e’lon qilingan.
Tramp popal v istoriyu
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2026
Tramp tarixga kirdi
Yangiliklar lentasi
0