Terma jamoaning JChdagi ishtiroki, Portugaliya, Kolumbiya va Kannavaro: Denisov intervyusi

© UFA - Federatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Vitaliy Denisov jahon chempionati–2026da jamoaning imkoniyatlari va kuchli raqiblar haqida fikr bildirdi
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi Vitaliy Denisov O‘zbekiston milliy terma jamoaning 2026-yilgi jahon chempionati ishtiroki bo‘yicha o‘z fikrlarini aytib Match TVga intervyu berdi.
Quyida intervyu to‘liq matni keltiriladi.
Muxbir: O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida ilk bor maydonga tushadi. Jamoa musobaqaga yo‘llanma olganida qanday his-tuyg‘ularga ega bo‘ldingiz?
Denisov: Tabiiyki, g‘ururim jo‘sh urardi. Yigitlar uchun, o‘z yurti uchun baxt va quvonch.
Muxbir: Yaqinda terma jamoani Fabio Kannavaro qabul qilib oldi. U jamoaga qanday asosiy fazilatni olib kelishi mumkin?
Denisov: Birinchi navbatda, o‘z tajribangiz bilan o‘rtoqlashish, yangilik kiritish. Uning terma jamoamiz bilan hammasi yaxshi bo‘lishini istardim.
Muxbir: O‘zbekiston guruhida Portugaliya, Kolumbiya va uchlikdan biri Yangi Kaledoniya/ Kongo DR/Yamayka bo‘ladi. Terma jamoaning pley-offga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
Denisov: Imkoniyatlar doim bor, faqat ulardan foydalanish kerak. Nima bo‘lganda ham, oson bo‘lmaydi. Tushunarli, Portugaliya va Kolumbiya haqida gapirishdan ma’no yo‘q - bular yaxshi va kuchli terma jamoalar va ular bilan bizga qiyin bo‘ladi. O‘zingizning kuchli tomonlaringizdan foydalanishingiz kerak va Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Albatta, men terma jamoam guruhdan chiqishini xohlayman - minimal vazifani bajaradi".
Denisov 38 yoshda, u O‘zbekiston terma jamoasi safida 71 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.
V Vashingtone sostoyalas jerebyevka gruppovogo etapa Chempionata mira-2026. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2025
JCh-2026 ga qur’a tashlandi: O‘zbekiston “K” guruhida
Yangiliklar lentasi
0