“103” tez tibbiy yordam: 2025-yilda qaysi hududlarda murojaatlar eng ko‘p bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota skoroy pomoshi v Moskve
Rabota skoroy pomoshi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2026
Obuna bo‘lish
2025 yilda O‘zbekistonda “103” tez tibbiy yordam xizmatiga 14,3 millionga yaqin chaqiriq kelib tushdi. Eng ko‘p murojaatlar Toshkent shahri va viloyatlarga to‘g‘ri kelgan
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. 2025 yilda O‘zbekistonda “103” tez tibbiy yordam xizmatiga jami 14 million 299 ming 948 ta chaqiriq kelib tushdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bajarilgan chaqiruvlarning:
shoshilinch holatlar — 10 million 218 ming 037 ta;
surunkali kasalliklar — 3 million 856 ming 901 ta;
tug‘uruqlar — 100 ming 453 tani tashkil etgan.
Eng ko‘p chaqiriqlar qayd etilgan hududlar:
Toshkent shahri — 1 462 006 ta;
Farg‘ona viloyati — 1 455 255 ta;
Andijon viloyati — 1 344 151 ta;
Surxondaryo viloyati — 1 335 614 ta;
Namangan viloyati — 1 328 391 ta.
Eng kam chaqiriqlar:
Navoiy viloyati — 416 210 ta;
Sirdaryo viloyati — 456 803 ta;
Jizzax viloyati — 561 894 ta;
Buxoro viloyati — 678 499 ta;
Xorazm viloyati — 688 594 ta.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi 8-yilda “103” xizmati shoxobchalari soni 818 tadan 1 680 taga, tez tibbiy yordam brigadalari esa 1 648 tadan 2 865 taga yetkazilgan.
Shuningdek, elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etilishi natijasida brigadalarning chaqiruvga yetib borish vaqti 25–30 daqiqadan 10–15 daqiqagacha qisqardi.
Prezident oznakomilsya s planami po sifrovizatsii meditsini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2025
Masofadan yordam, shaffoflik: Mirziyoyev tibbiyotni raqamlashtirish rejalari bilan tanishdi
Yangiliklar lentasi
0