https://oz.sputniknews.uz/20260115/prezident-turizm-loyiha-bukhara-reja-taqdim-54834478.html
Prezidentga turizm loyihalari va Buxoro shahrining bosh rejasi taqdim etildi
Prezidentga turizm loyihalari va Buxoro shahrining bosh rejasi taqdim etildi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyevga turizmni raqamlashtirish, yirik madaniy obyektlar va Buxoro shahrining bosh rejasi taqdim etildi. Hujjatda transport, turizm infratuzilmasi va tarixiy-etnografik bog‘ barpo etish rejalari aks etgan.
2026-01-15T17:34+0500
2026-01-15T17:34+0500
2026-01-15T17:34+0500
o‘zbekiston
jamiyat
sayyohlar
turizm
raqamli texnologiyalar
madaniyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/0f/54834014_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_572e9d7ee99c61ddffdc8eb7a253cdee.jpg
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro madaniy tadbirlar natijalari, turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi vazifalar hamda yirik madaniyat va turizm obyektlarini barpo etishga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Yig‘ilishda 2025-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan xalqaro madaniy tadbirlar natijalari ko‘rib chiqildi.Soha faoliyatini raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Milliy turizm platformasini ishga tushirish, turistlar va tadbirkorlar uchun proaktiv raqamli xizmatlarni joriy etish, naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirish hamda turistlar oqimini tahlil qilish vazifalari belgilandi. Raqamlashtirish orqali yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va sayyohlik yig‘imidan yillik tushumlarni oshirish rejalashtirilgani ta’kidlandi.Mamlakat turizm salohiyatini AQSh, Fors ko‘rfazi davlatlari, Hindiston, Xitoy va Skandinaviya kabi ustuvor bozorlarda ilgari surish bo‘yicha yangi marketing strategiyasini amalga oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Xalqaro turistik platformalarda ishtirokni kengaytirish, raqamli kontentni rivojlantirish hamda yirik media resurslar va fikr yetakchilarini jalb qilish vazifalari belgilandi.Shuningdek, Samarqandda yangi “Ipak yo‘li” muzeyi qurish, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi hududini kompleks obodonlashtirish loyihalari taqdim etildi.Shuningdek, Buxoro shahrining bosh rejasi taqdim etildi. Unda qulay shahar muhitini shakllantirish, transport va turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, ko‘p funksiyali majmua sifatida tarixiy-etnografik bog‘ barpo etish nazarda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251120/turizm-yangi-vazifalar-53612532.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/0f/54834014_111:0:1249:853_1920x0_80_0_0_ba1baa048405579ed1a2f640b78b3ff9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, prezident, buxoro shahri, buxoro bosh rejasi, turizm, madaniyat, turizm infratuzilmasi, raqamlashtirish, milliy turizm platformasi, samarqand merosi yo‘lagi, ipak yo‘li muzeyi, tarixiy-etnografik bog‘, shaharsozlik, 2025-yil
o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, prezident, buxoro shahri, buxoro bosh rejasi, turizm, madaniyat, turizm infratuzilmasi, raqamlashtirish, milliy turizm platformasi, samarqand merosi yo‘lagi, ipak yo‘li muzeyi, tarixiy-etnografik bog‘, shaharsozlik, 2025-yil
Prezidentga turizm loyihalari va Buxoro shahrining bosh rejasi taqdim etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga madaniyat va turizm sohasidagi loyihalar taqdim etildi. Yig‘ilishda Buxoro shahrining bosh rejasi ham muhokama qilindi.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro madaniy tadbirlar natijalari, turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi vazifalar hamda yirik madaniyat va turizm obyektlarini barpo etishga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Yig‘ilishda 2025-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan xalqaro madaniy tadbirlar natijalari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, turizm sohasini loyiha boshqaruvi tizimiga o‘tkazish, turizm mahsulotlarini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha yagona mexanizmni joriy etish hamda yirik tadbirlarni muvofiqlashtirishni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Soha faoliyatini raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Milliy turizm platformasini ishga tushirish, turistlar va tadbirkorlar uchun proaktiv raqamli xizmatlarni joriy etish, naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirish hamda turistlar oqimini tahlil qilish vazifalari belgilandi. Raqamlashtirish orqali yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va sayyohlik yig‘imidan yillik tushumlarni oshirish rejalashtirilgani ta’kidlandi.
Mamlakat turizm salohiyatini AQSh, Fors ko‘rfazi davlatlari, Hindiston, Xitoy va Skandinaviya kabi ustuvor bozorlarda ilgari surish bo‘yicha yangi marketing strategiyasini amalga oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Xalqaro turistik platformalarda ishtirokni kengaytirish, raqamli kontentni rivojlantirish hamda yirik media resurslar va fikr yetakchilarini jalb qilish vazifalari belgilandi.
Taqdimotda yirik madaniyat va turizm obyektlari loyihalari ham muhokama qilindi. Jumladan, Samarqandda Registon ansambli, Bibixonim va Shohi Zinda majmualari hamda Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini bog‘laydigan “Samarqand merosi yo‘lagi” loyihasi amalga oshirilishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, Samarqandda yangi “Ipak yo‘li” muzeyi qurish, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi hududini kompleks obodonlashtirish loyihalari taqdim etildi.
Shuningdek, Buxoro shahrining bosh rejasi taqdim etildi. Unda qulay shahar muhitini shakllantirish, transport va turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, ko‘p funksiyali majmua sifatida tarixiy-etnografik bog‘ barpo etish nazarda tutilgan.