https://oz.sputniknews.uz/20260114/russia-pul-otkazma-cheklov-qonun-rad-54801049.html
Rossiyada muhojirlar pul o‘tkazishini cheklash qonuni rad etilishi mumkin — qo‘mita tavsiya berdi
Rossiyada muhojirlar pul o‘tkazishini cheklash qonuni rad etilishi mumkin — qo‘mita tavsiya berdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Davlat Dumasi moliya bozori qo‘mitasi mehnat muhojirlariga pul o‘tkazishni cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda rad etishni tavsiya qildi
2026-01-14T16:50+0500
2026-01-14T16:50+0500
2026-01-14T16:50+0500
rossiya
jamiyat
pul jo‘natmalari
rossiya davlat dumasi
loyiha
qonun
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/160/84/1608429_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_41dc04395b33dce57c52a83189a23471.jpg
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasining moliya bozori bo‘yicha qo‘mitasi mehnat muhojirlariga pul o‘tkazishni cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda rad etishni tavsiya qildi.Qonun loyihasiga ko‘ra, Rossiyada ishlayotgan mehnat muhojirlariga chet elga pul o‘tkazish faqat rasman tasdiqlangan ish haqi miqdori bilan cheklanishi kerak edi.Qonun loyihasi mualliflari bu orqali:Biroq, Duma qo‘mitasi bu taklifni samarasiz deb topdi. Qo‘mita xulosasiga ko‘ra:Rossiya hukumati ham ushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlamadi. Vazirlar Mahkamasiga ko‘ra:Bundan tashqari, hukumat ogohlantirishicha, bunday cheklovlar kutilgan natijaning aksini berishi mumkin. Xususan:
https://oz.sputniknews.uz/20251106/uzbekistan-pul-otkazmalar-oshish-53268187.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/160/84/1608429_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_c81982990fc915e9f9e5fb27b8ea7be7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya davlat dumasi, mehnat muhojirlari, pul o‘tkazish, qonun loyihasi rad etildi, moliya bozori qo‘mitasi, norezidentlar, rossiya qonunchiligi, migrantlar pul o‘tkazmasi, soliq va nazorat
rossiya davlat dumasi, mehnat muhojirlari, pul o‘tkazish, qonun loyihasi rad etildi, moliya bozori qo‘mitasi, norezidentlar, rossiya qonunchiligi, migrantlar pul o‘tkazmasi, soliq va nazorat
Rossiyada muhojirlar pul o‘tkazishini cheklash qonuni rad etilishi mumkin — qo‘mita tavsiya berdi
Taklifga ko‘ra, muhojirlar chet elga pulni faqat rasman tasdiqlangan maoshi doirasida o‘tkazishi kerak edi, biroq qo‘mita bu mexanizm ishlamasligini qayd etdi
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasining moliya bozori bo‘yicha qo‘mitasi mehnat muhojirlariga pul o‘tkazishni cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda rad etishni
tavsiya qildi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, Rossiyada ishlayotgan mehnat muhojirlariga chet elga pul o‘tkazish faqat rasman tasdiqlangan ish haqi miqdori bilan cheklanishi kerak edi.
Ya’ni, agar ish haqi rasmiy hujjatlarda kam ko‘rsatilgan bo‘lsa, undan ortiq pulni xorijga yuborish taqiqlanishi kerak edi.
Qonun loyihasi mualliflari bu orqali:
pul o‘tkazmalarini shaffof qilish,
migrantlar daromadini “soya iqtisodiyoti”dan chiqarish,
davlat budjetiga soliq tushumlarini oshirish mumkin, deb hisoblagan.
Biroq, Duma qo‘mitasi bu taklifni samarasiz deb topdi. Qo‘mita xulosasiga ko‘ra:
kim qancha pul o‘tkazayotganini va u maoshiga to‘g‘ri keladimi-yo‘qmi — nazorat qilish mexanizmi yo‘q;
qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik belgilanmagan;
amalda bu qonun qanday ishlashi aniq yozilmagan.
Rossiya hukumati ham ushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlamadi. Vazirlar Mahkamasiga ko‘ra:
daromadning qonuniyligini qanday tasdiqlash,
deklaratsiyani qanday topshirish,
ma’lumotlarni kim va qanday tekshirishi kabi masalalar ochiq qolgan.
Bundan tashqari, hukumat ogohlantirishicha, bunday cheklovlar kutilgan natijaning aksini berishi mumkin. Xususan:
muhojirlar pulni rasmiy yo‘llar bilan emas, naqd ravishda olib chiqishga o‘tishi ehtimoli bor;
bu, ayniqsa, YeOII mamlakatlariga rublni bojxona nazoratisiz olib chiqish hajmini oshirishi mumkin.