https://oz.sputniknews.uz/20260113/usa-greenland-bosib-olish-qonun-54772328.html
AQShda Tramp Grenlandiyani bosib olishi uchun huquqiy asos tayyorlanyapti
AQShda Tramp Grenlandiyani bosib olishi uchun huquqiy asos tayyorlanyapti
Sputnik O‘zbekiston
AQSh Kongressiga Grenlandiyani anneksiya qilish yoki sotib olishga doir qonun loyihasi kiritildi. Tashabbus Arktika manfaatlari bilan izohlanmoqda.
2026-01-13T13:38+0500
2026-01-13T13:38+0500
2026-01-13T14:53+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
donald tramp
arktika
xitoy
rossiya
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/12/98/129880_0:0:1024:577_1920x0_80_0_0_bed9e68c1ede099a8c223f5261398a2c.jpg
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. AQSh Kongressiga Donald Trampga Grenlandiya orolini anneksiya qilish yoki uni sotib olish masalasida muayan harakatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi qonun loyihasi kiritildi.Xabar qilinishicha, Kongress a’zosi Rendi Fayn tomonidan taqdim etilgan hujjatda Grenlandiyani anneksiya qilish va unga AQSh shtati maqomini berish masalasi ko‘tarilgan. Bu haqda u tarqatgan bayonotda aytiladi.Qonun loyihasi muallifiga ko‘ra, mazkur tashabbus tashqi tahdidlar fonida Vashingtonning Arktikadagi strategik manfaatlarini ta’minlash zarurati bilan izohlanadi. Bayonotda Rossiya va Xitoyning mintaqadagi faoliyati “kengayayotgani” ta’kidlangan.Avvalroq, Grenlandiya parlamentidagi barcha beshta partiya yetakchilari qo‘shma bayonot bilan chiqib, Vashingtonning ushbu masaladagi ritorikasini qoralagan va AQShga qo‘shilish g‘oyasiga qarshi ekanini bildirgan.Shuningdek, Daniyaning AQShdagi elchisi Yesper Moller Sorensen Kopengagen va Vashington yaqin ittifoqchilar ekanini ta’kidlagan. Yevropa Ittifoqi davlatlari esa yanvar oyida AQSh tomonidan ehtimoliy harakatlar yuz bergan taqdirda qanday reaksiya bildirish mumkinligini muhokama qilgan.Ma’lumot uchun, Grenlandiya Daniya Qirolligi tarkibiga kiradi. U 1953-yilgacha mustamlaka bo‘lgan, 2009-yildan esa o‘zini o‘zi boshqarish huquqiga ega avtonom hudud hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260108/europe-trump-qarshilik-tayyorgarlik-54688121.html
arktika
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/12/98/129880_0:0:1024:768_1920x0_80_0_0_d947990076f56cfc108238e95fee6ddb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh kongressi, grenlandiya, donald tramp, arktika siyosati, daniya qirolligi, aqsh–grenlandiya munosabatlari, rossiya va xitoy, geosiyosat, yevropa ittifoqi
aqsh kongressi, grenlandiya, donald tramp, arktika siyosati, daniya qirolligi, aqsh–grenlandiya munosabatlari, rossiya va xitoy, geosiyosat, yevropa ittifoqi
AQShda Tramp Grenlandiyani bosib olishi uchun huquqiy asos tayyorlanyapti
13:38 13.01.2026 (yangilandi: 14:53 13.01.2026) Respublikachi kongressmen Rendi Fayn Grenlandiyani AQSh tarkibiga qo‘shish va unga shtat maqomini berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Kongressga kiritdi
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. AQSh Kongressiga Donald Trampga Grenlandiya orolini anneksiya qilish yoki uni sotib olish masalasida muayan harakatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi qonun
loyihasi kiritildi.
Xabar qilinishicha, Kongress a’zosi Rendi Fayn tomonidan taqdim etilgan hujjatda Grenlandiyani anneksiya qilish va unga AQSh shtati maqomini berish masalasi ko‘tarilgan. Bu haqda u tarqatgan bayonotda aytiladi.
Qonun loyihasi muallifiga ko‘ra, mazkur tashabbus tashqi tahdidlar fonida Vashingtonning Arktikadagi strategik manfaatlarini ta’minlash zarurati bilan izohlanadi. Bayonotda Rossiya va Xitoyning mintaqadagi faoliyati “kengayayotgani” ta’kidlangan.
"Grenlandiyani nazorat qilayotgan tomon Arktika dengiz yo‘llari va AQSh xavfsizlik arxitekturasiga ta’sir ko‘rsatadi. Amerika bu hudud kelajagini xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan rejimlar ixtiyorida qoldira olmaydi", — deyiladi Fayn bayonotida.
Avvalroq, Grenlandiya parlamentidagi barcha beshta partiya yetakchilari qo‘shma bayonot bilan chiqib, Vashingtonning ushbu masaladagi ritorikasini qoralagan va AQShga qo‘shilish g‘oyasiga qarshi ekanini bildirgan.
Shuningdek, Daniyaning AQShdagi elchisi Yesper Moller Sorensen Kopengagen va Vashington yaqin ittifoqchilar ekanini ta’kidlagan. Yevropa Ittifoqi davlatlari esa yanvar oyida AQSh tomonidan ehtimoliy harakatlar yuz bergan taqdirda qanday reaksiya bildirish mumkinligini muhokama qilgan.
Ma’lumot uchun, Grenlandiya Daniya Qirolligi tarkibiga kiradi. U 1953-yilgacha mustamlaka bo‘lgan, 2009-yildan esa o‘zini o‘zi boshqarish huquqiga ega avtonom hudud hisoblanadi.