https://oz.sputniknews.uz/20260112/iran-noroziliklar-israel-usa-aloqadorlik-54758460.html
Erondagi noroziliklarga Isroil va AQSh aloqador — mamlakat rasmiylari
Erondagi noroziliklarga Isroil va AQSh aloqador — mamlakat rasmiylari
Sputnik O‘zbekiston
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi norozilik namoyishlariga AQSh va Isroil aloqador ekanini bildirdi. Rasmiy Tehron vaziyat nazoratda ekanini ta’kidlamoqda.
2026-01-12T18:47+0500
2026-01-12T18:47+0500
2026-01-12T18:47+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
mayk pompeo
razvedka xizmati
internet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/0c/54758573_0:0:3071:1727_1920x0_80_0_0_ce2012103525da9271808c8bff58e600.jpg
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Tehronda AQSh va Isroilning norozilik namoyishlariga aloqadorligi haqida "ko‘plab dalillar" mavjud. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi xorijiy davlatlar elchilari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.Arakchining ta’kidlashicha, Eronda kuzatilayotgan tartibsizliklar tashqi kuchlar ta’sirisiz o‘tmayapti. U Isroil OAVlarida Isroilning Erondagi operatsiyalari haqida chiqqan ma’lumotlar, shuningdek, AQShning sobiq davlat kotibi Mayk Pompeoning ijtimoiy tarmoqdagi postlarini tashqi aralashuvga dalil sifatida keltirdi. Unda Erondagi namoyishchilar va ular bilan birga harakat qilgan, deb aytilgan Isroil razvedka xizmati — Mossad agentlari haqida so‘z yuritilgan.Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian 11-yanvar kuni xalqqa murojaatida iqtisodiy islohotlar davom ettirilishini va muammolar hal etilishini va’da qildi. Eronda norozilik namoyishlari 2025-yil dekabr oyi oxirida milliy valyuta — rialning keskin qadrsizlanishi ortidan boshlangan. Dastlab namoyishchilar valyuta kursining o‘zgarishi va uning kundalik narxlarga ta’siridan norozi bo‘lgan.8 yanvardan boshlab namoyishlar faollashdi. Bu jarayon 1979-yilda taxtdan ag‘darilgan Eron shohining o‘g‘li Rizo Pahlaviy chaqiriqlari bilan bog‘lanmoqda. O‘sha kuni mamlakatda internet aloqasi uzilib qolgani ham xabar qilingan.Reuters agentligi AQShda joylashgan huquq himoyachilariga tayanib, noroziliklar boshlanganidan beri kamida 466 kishi halok bo‘lganini xabar qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260111/eron-isroil-va-aqsh-bazalariga-zarba-beradi-54738120.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/0c/54758573_342:0:3071:2047_1920x0_80_0_0_ea9d6c291ac35e121170293403a70255.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
eron norozilik namoyishlari, abbos arakchi, eron tashqi ishlar vaziri, aqsh, isroil, tashqi aralashuv ayblovlari, mas’ud pezeshkian, eronda tartibsizliklar, rial qadrsizlanishi, rizo pahlaviy, reuters, mossad, eron siyosati
eron norozilik namoyishlari, abbos arakchi, eron tashqi ishlar vaziri, aqsh, isroil, tashqi aralashuv ayblovlari, mas’ud pezeshkian, eronda tartibsizliklar, rial qadrsizlanishi, rizo pahlaviy, reuters, mossad, eron siyosati
Erondagi noroziliklarga Isroil va AQSh aloqador — mamlakat rasmiylari
Tehron rasmiylari mamlakatdagi tartibsizliklarda Isroil va AQShni aybladi. Shu bilan birga, Eron TIV rahbari norozilik namoyishlari bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida ekanini bildirdi
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Tehronda AQSh va Isroilning norozilik namoyishlariga aloqadorligi haqida "ko‘plab dalillar" mavjud. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi xorijiy davlatlar elchilari bilan uchrashuvda
ma’lum qildi.
Arakchining ta’kidlashicha, Eronda kuzatilayotgan tartibsizliklar tashqi kuchlar ta’sirisiz o‘tmayapti. U Isroil OAVlarida Isroilning Erondagi operatsiyalari haqida chiqqan ma’lumotlar, shuningdek, AQShning sobiq davlat kotibi Mayk Pompeoning ijtimoiy tarmoqdagi postlarini tashqi aralashuvga dalil sifatida keltirdi. Unda Erondagi namoyishchilar va ular bilan birga harakat qilgan, deb aytilgan Isroil razvedka xizmati — Mossad agentlari haqida so‘z yuritilgan.
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian 11-yanvar kuni xalqqa murojaatida iqtisodiy islohotlar davom ettirilishini va muammolar hal etilishini va’da qildi.
Shu bilan birga, u AQSh va Isroilni tartibsizliklarni uyushtirishda ayblab, radikallar fuqarolarning haqiqiy talablarini almashtirib qo‘ymasligi uchun odamlarni ko‘chalarga chiqishga chaqirdi.
Eronda norozilik namoyishlari 2025-yil dekabr oyi oxirida milliy valyuta — rialning keskin qadrsizlanishi ortidan boshlangan. Dastlab namoyishchilar valyuta kursining o‘zgarishi va uning kundalik narxlarga ta’siridan norozi bo‘lgan.
8 yanvardan boshlab namoyishlar faollashdi. Bu jarayon 1979-yilda taxtdan ag‘darilgan Eron shohining o‘g‘li Rizo Pahlaviy chaqiriqlari bilan bog‘lanmoqda. O‘sha kuni mamlakatda internet aloqasi uzilib qolgani ham xabar qilingan.
Reuters agentligi AQShda joylashgan huquq himoyachilariga tayanib, noroziliklar boshlanganidan beri kamida 466 kishi halok bo‘lganini xabar qildi.