Pichoq bilan mast holda bezorilik qilgan shaxs qamaldi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovNoj v rukax
Noj v rukax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2026
Obuna bo‘lish
Pichoq ko‘tarib, qo‘shnisini bezovta qilgan fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 3 ta moddasi bo‘yicha ayblandi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ko‘p qavatli uy yo‘lagida pichoq bilan harakatlangan shaxsga sud tomonidan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 5-yanvar kuni soat 01:35 da 1984-yilda tug‘ilgan O.S. mast holatda Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida qo‘shnisi D.Yu.ning eshigini taqillatib, uni bezovta qilgan. U jamoat joyida sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan buyumni qonunga xilof ravishda olib yurib, jamoat tartibini buzgan.
Hodisa bo‘yicha tuman ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, huquqbuzar ma’muriy tartibda ushlangan.
Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan fuqaro O.S.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning:
183-moddasi (mayda bezorilik),
185-modda, 2-qismi (sovuq qurol yoki shunday ashyolarni olib yurish),
194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Draka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2025
Qaysi OTM talabalari ko‘p jinoyat sodir etgan — Senat so‘rovi
Yangiliklar lentasi
0