Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2026
Obuna bo‘lish
Mablag‘lar maktablari, tibbiyot va sport muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga yo‘naltiradi.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. “Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport tizimini barqaror rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori (PQ–398-son) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, ijtimoiy soha obyektlarini qurish va ta’mirlashni moliyalashtirish maqsadida Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:
umumta’lim maktablari, tibbiyot va sport muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
ta’lim, tibbiyot va sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy jihozlar, o‘quv va tibbiy anjomlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash;
boshqa ijtimoiy yo‘nalishlardagi qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.
Predstavleni predlojeniya po razvitiyu sferi intellektualnoy sobstvennosti, arxivnogo dela i yuridicheskogo obrazovaniya
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Intellektual mulk, arxiv ishi va yuridik ta’lim sohalari isloh qilinadi – tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0