Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Toqayev Qozog‘istonning YeOIIda raisligidagi asosiy yo‘nalishlarini ma’lum qildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishKasim-Jomart Tokayev
Kasim-Jomart Tokayev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2025
Obuna bo‘lish
1 yanvardan YeOIIda raislik qilish Qozog‘istonga o‘tadi.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) boshqaruv organlarida raislik qilish mamlakatga o‘tishi munosabati bilan ittifoqqa a’zo mamlakatlar rahbarlariga murojaat yo‘lladi.
“O‘tib borayotgan yil Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi uchun yubiley bo‘ldi. Biz ishonch bilan bizning integratsiya birlashmamizning ikkinchi o‘n yilligiga qadam qo‘ydik”, - dedi Qozog‘iston rahbari.
Toqayevning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillardagi global tebranishlarga qaramay, ittifoq davlatlari ijobiy iqtisodiy sur’atni ko‘rsatmoqda.
“Oldinda turganda davrda bizning umumiy vazifamiz – integratsiya samadorligini kuchaytirish, YeOII salohiyati va ahamiyatini mustahkamlash”, - deya hisoblaydi Qozog‘iston yetakchisi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 2026-yildan boshlab Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida 2030-yilgacha va 2045-yilgacha bo‘lgan davrda iqtisodiy jarayonlarni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi deklaratsiya amalga oshirilishi boshlanadi.
“Ushbu strategik hujjatda ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga ustuvor ahamiyat beriladi”, - deya ta’kidladi Toqayev.
Qozog‘iston rahbari raislikdagi asosiy yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdi:
Qozog‘iston SI, raqamli tartibga solish va iqtisodiyotni o‘zgartirish sohasidagi YeOII sheriklari bilan bilim va tajriba almashishga tayyor.
YeOII a’zo davlatlar hududlari bo‘ylab yuklar maksimal tezroq, to‘siqlarsiz va burokratik kechikishlarsiz harakatlanishi kerak.
Mablag‘larni innovatsion loyihalar, sanoatni raqamlashtirish va agrosanoat majmuasiga yo‘naltirish kerak.
YeOII doirasidagi savdo to‘siqsiz bo‘lishi kerak, cheklovlar va taqiqlar olib tashlanishi kerak.
Ittifoq tashqi sheriklar bilan hamkorlikni kengaytiradi va Global Janub, Arab dunyosi, Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrika bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaydi.
Toqayev birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish mumkinligiga, shu bilan birga YeOIIga a’zo davlatlar iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va integratsiya birlashmaning umumiy salohiyatini mustahkamlashga ishonch bildirdi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Zasedanie Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2025
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston va YeOII o‘rtasida bojxona hamkorligi bo‘yicha muzokaralar boshlanadi
Yangiliklar lentasi
0