Mirziyoyev Yangi Toshkentda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Novom Tashkente
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Novom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2025
Obuna bo‘lish
Prezident tashrif davomida Yangi Toshkentda transport infratuzilmasi, ma’muriy binolar, uy-joy majmualari va energiya ta’minotiga oid loyihalarni ko‘zdan kechirdi.
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi 100 million dollar bo‘lgan, 40 ming kvadrat metr maydonni egallagan yer osti avtoturargohi qurilishi hamda piyodalar o‘tish yo‘lagi barpo etilishini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Loyihaning birinchi bosqichida 200 ta yengil avtomobil va 30 ta motosikl hamda skuterni joylashtirish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, Yangi Toshkentda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining modul turdagi yangi binosi barpo etilgani ma’lum qilindi. 1,4 gektar maydonda qurilgan mazkur inshoot vazirlik va uning tizim tashkilotlarini bir joyga jamlash imkonini beradi.
Energiya tejamkor konstruksiyalar binodan foydalanish xarajatlarini kamaytiradi.
Bu yerda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi asosida ishlaydigan platformalar faoliyati ham namoyish etildi. Xususan, davlat shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimi orqali shahar va tumanlarning raqamli bosh rejalari yaratilgan. Bugunga qadar 20 ta shahar, 22 ta shaharcha va 843 ta aholi punktining raqamli bosh rejalari ishlab chiqilgan.
Shuningdek, Prezident Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasi qurilishi bilan ham tanishdi. 95 gektar maydonda barpo etilayotgan ushbu loyiha doirasida 15 mingga yaqin xonadon qurilishi rejalashtirilgan.
Majmua energiya tejamkor materiallar asosida barpo etilmoqda, yashil hududlar, avtoturargohlar, avtonom isitish va quyosh panellari bilan jihozlanadi.
Loyiha to‘liq amalga oshirilganda Yangi Toshkent 2 million nafar aholi istiqomat qiladigan zamonaviy megapolisga aylanishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, trigeneratsiya texnologiyasi shaharni markazlashgan sovitish va isitish bilan ta’minlaydi va an’anaviy quvvatlarga nisbatan 2 baravargacha kam energiya sarflaydi.
Birinchi bosqichda issiqlik uchun 75 megavatt, sovitish tizimi uchun esa 100 megavatt quvvat yaratiladi. Shu bilan birga, 17 megavatt miqdorda qo‘shimcha elektr energiyasi ham ishlab chiqariladi.
Prezident, shuningdek, Yangi Toshkentning quvvati 100 megavattga teng va Yangi Toshkentning dastlabki bosqichdagi ehtiyojlarini ta’minlaydigan birinchi nimstansiyasida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.
Loyiha Xitoyning “Haocheng Industry Group Limited” kompaniyasi ishtirokida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda.
Prezident oznakomilsya s deyatelnostyu kogeneratsionnoy stansii, postroyennoy v Yunusabadskom rayone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2025
Toshkentda yirik issiqlik ta’minoti markazi ishga tushirildi
Yangiliklar lentasi
0