https://oz.sputniknews.uz/20251230/jizzakh-rostov-tadbirkorlar-aloqa-54559158.html
Jizzax va Rostov tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Jizzax va Rostov tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston diplomatlari va Rostov viloyati rahbariyati Jizzax bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Tomonlar agrar sohada qo‘shma loyihalar va biznes aloqalarga e’tibor qaratdi.
2025-12-30T13:26+0500
2025-12-30T13:26+0500
2025-12-30T13:26+0500
o‘zbekiston
rostov-na-donu
jamiyat
hamkorlik
qishloq xo‘jaligi
tadbirkor
jizzax
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/1e/54558681_1:0:950:534_1920x0_80_0_0_da92e2a4627e9853aa3f523def2631d6.png
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Rostov viloyati iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Olga Popelnuxa bilan uchrashuvda Jizzax va Rostov o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.Uchrashuvda Jizzax va Rostov-na-Donu shaharlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Rossiya tomoni Rostov viloyatining agrar salohiyatiga to‘xtalib, iqlim sharoitlari o‘xshashligi qishloq xo‘jaligida tajriba almashish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish uchun qulay ekanini ta’kidladi.Shuningdek, ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro biznes missiyalari va tadbirkorlar tashrifini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Rossiya tomoni Jizzax viloyati delegatsiyasining Rostovga tashrifini uyushtirishga tayyor ekanini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251221/uzbekistan-rostov-tadbirkorlar-loyihalar-54351601.html
o‘zbekiston
rostov-na-donu
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/1e/54558681_119:0:831:534_1920x0_80_0_0_c7d72df6fa54c44d79c5944f7a88e4da.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, jizzax viloyati, rostov viloyati, rostov-na-donu, qishloq xo‘jaligi, agrar hamkorlik, seleksiya, urug‘chilik, agrotexnologiyalar, biznes missiyalar, mintaqaviy hamkorlik, ishbilarmon aloqalar, “dunyo” axborot agentligi
o‘zbekiston, jizzax viloyati, rostov viloyati, rostov-na-donu, qishloq xo‘jaligi, agrar hamkorlik, seleksiya, urug‘chilik, agrotexnologiyalar, biznes missiyalar, mintaqaviy hamkorlik, ishbilarmon aloqalar, “dunyo” axborot agentligi
Jizzax va Rostov tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Uchrashuvda Rostov viloyati bilan O‘zbekiston hududlarining iqlim o‘xshashligi agrar sohada hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Rostov viloyati iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Olga Popelnuxa bilan uchrashuvda Jizzax va Rostov o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi
xabar berdi.
Uchrashuvda Jizzax va Rostov-na-Donu shaharlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Rossiya tomoni Rostov viloyatining agrar salohiyatiga to‘xtalib, iqlim sharoitlari o‘xshashligi qishloq xo‘jaligida tajriba almashish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish uchun qulay ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston tomoni esa qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish, seleksiya va urug‘chilik sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Shuningdek, ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro biznes missiyalari va tadbirkorlar tashrifini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Rossiya tomoni Jizzax viloyati delegatsiyasining Rostovga tashrifini uyushtirishga tayyor ekanini bildirdi.