https://oz.sputniknews.uz/20251229/uzbekistan-tatar-alloma-marjoniy-film-54529374.html
O‘zbekistonda tatar allomasi Marjoniy haqida film suratga olish boshlandi - tafsilotlar
O‘zbekistonda tatar allomasi Marjoniy haqida film suratga olish boshlandi - tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mashhur tatar ma’rifatparvari Shigabutdin Marjoniy hayotiga bag‘ishlangan “O‘qituvchi” badiiy filmini suratga olish ishlari boshlandi.
2025-12-29T13:48+0500
2025-12-29T13:48+0500
2025-12-29T13:48+0500
o‘zbekiston
madaniyat
kino
film
qozon
hamkorlik
samarqand
buxoro
tatariston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/1d/54528382_0:438:720:843_1920x0_80_0_0_c180df535319f7071117508444e0bb19.jpg
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekistonda mashhur tatar dinshunosi, faylasuf, olim va ma’rifatparvar Shahobiddin Marjoniyning hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan “O‘qituvchi” badiiy filmini suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda Tatar jamoat madaniy-ma’rifiy markazi o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.Film Marjoniyning bolaligi, shuningdek, Buxoro va Samarqandda tahsil olgan davri, u yerda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullana boshlagani haqida hikoya qiladi. Sujetga ko‘ra, bo‘lajak olim mustaqil ravishda matematika va tarixni o‘rganadi, kitoblarni ko‘chiradi, xaritalar tuzadi, jumladan, tatar xonliklarining geografik joylashuvini aks ettiradi.Suratga olish jarayonlari Marjoniy tahsil olgan Buxoro shahridagi tarixiy Mir Arab madrasasida boshlandi. Film bosh produseri Milyausha Aytuganovaning ta’kidlashicha, madrasada 2019-yilda alloma tavalludining 200-yilligi munosabati bilan o‘rnatilgan esdalik taxtachasi saqlanib qolgan.Ushbu taxtachaning ochilish marosimida O‘zbekiston va Tatariston diniy idoralari, Buxoro viloyati va Buxoro shahri hokimliklari, Tatariston Madaniyat vazirligi, Butunjahon tatarlar kongressi “Milliy sho‘ro” milliy kengashi, Tataristonning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Tatariston Fanlar akademiyasi, shuningdek, Toshkent va Buxorodagi tatar madaniyat markazlari vakillari ishtirok etgan.Samarqand shahrida suratga olish ishlari ikki joyda — sharqiy bozor va saroyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Sujetga ko‘ra, Samarqand qozisi Marjoniyning bilim darajasini yuqori baholab, uni o‘z farzandlariga shaxsiy ustoz bo‘lishga taklif qiladi.Qo‘shma loyiha g‘oyasi 2022-yilda o‘zbekistonlik kinoijodkorlar tomonidan Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan Oltin minbar xalqaro kinofestivalida e’lon qilingan. 2024-yil mart oyida film yaratish bo‘yicha memorandum imzolangan. Film premyerasi esa 2026-yil sentabr oyi boshida “Oltin minbar” Qozon xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251202/mirziyoeva-minnixanov-hamkorlik-muhokama-53876395.html
o‘zbekiston
qozon
tatariston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/1d/54528382_0:370:720:910_1920x0_80_0_0_1560e2bb69f85089e598c0952cf57476.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shigabutdin shahobiddin marjoniy, o‘qituvchi badiiy filmi, marjoniy hayoti va merosi, tatar ma’rifatparvari, o‘zbekistonda kinosuratga olish, mir arab madrasasi, buxoro va samarqand suratga olish, tatar–o‘zbek madaniy hamkorligi, oltin minbar kinofestivali, tatar jamoat madaniy-ma’rifiy markazi
shigabutdin shahobiddin marjoniy, o‘qituvchi badiiy filmi, marjoniy hayoti va merosi, tatar ma’rifatparvari, o‘zbekistonda kinosuratga olish, mir arab madrasasi, buxoro va samarqand suratga olish, tatar–o‘zbek madaniy hamkorligi, oltin minbar kinofestivali, tatar jamoat madaniy-ma’rifiy markazi
O‘zbekistonda tatar allomasi Marjoniy haqida film suratga olish boshlandi - tafsilotlar
O‘zbekistonda mashhur tatar dinshunosi va ma’rifatparvari Shahobiddin Marjoniy hayotiga bag‘ishlangan “O‘qituvchi” badiiy filmini suratga olish ishlari boshlandi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekistonda mashhur tatar dinshunosi, faylasuf, olim va ma’rifatparvar Shahobiddin Marjoniyning hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan “O‘qituvchi” badiiy filmini suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda Tatar jamoat madaniy-ma’rifiy markazi o‘z Telegram kanalida
ma’lum qildi.
Film Marjoniyning bolaligi, shuningdek, Buxoro va Samarqandda tahsil olgan davri, u yerda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullana boshlagani haqida hikoya qiladi. Sujetga ko‘ra, bo‘lajak olim mustaqil ravishda matematika va tarixni o‘rganadi, kitoblarni ko‘chiradi, xaritalar tuzadi, jumladan, tatar xonliklarining geografik joylashuvini aks ettiradi.
Suratga olish jarayonlari Marjoniy tahsil olgan Buxoro shahridagi tarixiy Mir Arab madrasasida boshlandi. Film bosh produseri Milyausha Aytuganovaning ta’kidlashicha, madrasada 2019-yilda alloma tavalludining 200-yilligi munosabati bilan o‘rnatilgan esdalik taxtachasi saqlanib qolgan.
Ushbu taxtachaning ochilish marosimida O‘zbekiston va Tatariston diniy idoralari, Buxoro viloyati va Buxoro shahri hokimliklari, Tatariston Madaniyat vazirligi, Butunjahon tatarlar kongressi “Milliy sho‘ro” milliy kengashi, Tataristonning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Tatariston Fanlar akademiyasi, shuningdek, Toshkent va Buxorodagi tatar madaniyat markazlari vakillari ishtirok etgan.
“Ziyorat turizmi” xalqaro forumi doirasida Marjoniy merosiga bag‘ishlangan davra suhbati ham o‘tkazildi. Shuningdek, madrasada Marjoniy yashagan deb taxmin qilingan xona va darsxona ham saqlanib qolgani qayd etildi.
Samarqand shahrida suratga olish ishlari ikki joyda — sharqiy bozor va saroyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Sujetga ko‘ra, Samarqand qozisi Marjoniyning bilim darajasini yuqori baholab, uni o‘z farzandlariga shaxsiy ustoz bo‘lishga taklif qiladi.
Qo‘shma loyiha g‘oyasi 2022-yilda o‘zbekistonlik kinoijodkorlar tomonidan Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan Oltin minbar xalqaro kinofestivalida e’lon qilingan. 2024-yil mart oyida film yaratish bo‘yicha memorandum imzolangan. Film premyerasi esa 2026-yil sentabr oyi boshida “Oltin minbar” Qozon xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.