2026 yil Davlat budjeti ijrosi: ijtimoiy soliq tushumlari taqsimlanishi belgilandi

© Foto : Federalnaya nalogovaya slujbaNalogi. Rascheti
Nalogi. Rascheti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2025
Obuna bo‘lish
2026 yil Davlat budjeti ijrosi doirasida soliq cheklovlari, ijtimoiy soliq taqsimoti va hududlar budjetlari uchun yangi qoidalar joriy etiladi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. 2026 yilda uy-joy fondiga kiruvchi, jumladan ommaviy baholashdan o‘tgan obyektlar bo‘yicha jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i 2018-yilgi kadastr qiymati asosida hisoblangan summaning 1,3 baravaridan oshirilmaydi. Bu prezident imzolagan 2026-yil uchun Davlat budjeti qonuni ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi qarorda belgilangan.
Bu tartib uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalarida jismoniy shaxslardan undiriladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i summasiga ham tatbiq etiladi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
2026 yil uchun Davlat budjet daromadlari prognozi;
2026 yilda foyda solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘liq respublika budjetiga yo‘naltiriladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati.
Shuningdek, qator soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozidan ortiq tushumlar hududlar budjetlarida quyidagi tartibda qoldiriladi:
jismoniy shaxslar daromad solig‘i — to‘liq hajmda;
foyda solig‘i — to‘liq hajmda;
QQS bo‘yicha Qoraqalpog‘istonda — 100 foiz, boshqa hududlarda — 60 foiz.
2026 yildan ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi.
Budjet tashkilotlari bo‘yicha:
Pensiya jamg‘armasiga — 98,0%;
Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga — 1,2%;
Bandlikka ko‘maklashish va Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armalariga — 0,4%;
Kasaba uyushmalari federatsiyasiga — 0,4%.
Boshqa to‘lovchilar bo‘yicha:
Pensiya jamg‘armasiga — 95,9%;
Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga — 2,5%;
Bandlikka ko‘maklashish va Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armalariga — 0,8%;
Kasaba uyushmalari federatsiyasiga — 0,8%.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2025
Prezident 2026-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Yangiliklar lentasi
0