https://oz.sputniknews.uz/20251226/ozbekiston-suniy-yoldoshi-fazogir-54483084.html
O‘zbekiston ilk bor o‘zining sun’iy yo‘ldoshi va fazogirini kosmosga uchiradi
O‘zbekiston ilk bor o‘zining sun’iy yo‘ldoshi va fazogirini kosmosga uchiradi
Sputnik O‘zbekiston
Bugun sizlarga yana bir muhim yangilikni aytmoqchiman. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yo‘ldosh va mamlakatimiz fuqarosi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlarni boshladik. O‘zbekiston kosmonavti bobomiz aniqlagan yulduzlardan xabar olib keladi. Bu Yangi O‘zbekistonning ilmiy va texnologik rivojlanishiga, umuman, milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga katta turtki beradi deb ishonaman”, — dedi prezident.
2025-12-26T12:29+0500
2025-12-26T12:29+0500
2025-12-26T12:29+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
sun’iy intellekt
kosmos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/07/49239061_0:13:1668:951_1920x0_80_0_0_8aa9269c7ba6ab80970e10129589f101.jpg
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. O‘zbekiston tarixida ilk bor sun’iy yo‘ldosh va fuqaroligi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlar boshlandi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va xalqqa yo‘llayotgan murojaatnomasi chog‘ida ma’lum qildi.Davlat rahbari 2030-yilga borib, AT xizmatlar eksporti 5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olinganini aytdiKelgusi yilda Toshkent shahri, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatida 4 ta data-markaz, 2 ta super kompyuter va 15 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.Bu tibbiyot, transport, qishloq xo‘jaligi, geologiya, bank-moliya, jamoat xavfsizligi kabi muhim sohalarda 100 dan ortiq sun’iy intellekt loyihalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.Bugun minglab iqtidorli yoshlar AT va sun’iy intellekt bo‘yicha izlanish olib bormoqda. Ularning kvant, dron, robototexnika kabi yo‘nalishlardagi konstruktorlik loyihalarini amaliyotga tatbiq qilish uchun “Raqamli texnologiyalar markazi” tashkil etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251029/ai-soliq-imtiyoz-elektr-tarif-53061702.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/07/49239061_192:0:1477:964_1920x0_80_0_0_6c12e05c90bd41d939cb10a7ff6ca737.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston sun’iy yo‘ldoshi fazogiri kosmos
o‘zbekiston sun’iy yo‘ldoshi fazogiri kosmos
O‘zbekiston ilk bor o‘zining sun’iy yo‘ldoshi va fazogirini kosmosga uchiradi
Prezident bu mamlakatning ilmiy, texnologik rivojlanishi, umuman milliy taraqqiyotni yangi bosqichga olib chiqishga katta turtki berishini aytdi.
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. O‘zbekiston tarixida ilk bor sun’iy yo‘ldosh va fuqaroligi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlar boshlandi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va xalqqa yo‘llayotgan murojaatnomasi chog‘ida ma’lum qildi.
“Bugun sizlarga yana bir muhim yangilikni aytmoqchiman. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yo‘ldosh va mamlakatimiz fuqarosi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlarni boshladik. O‘zbekiston kosmonavti bobomiz aniqlagan yulduzlardan xabar olib keladi. Bu Yangi O‘zbekistonning ilmiy va texnologik rivojlanishiga, umuman, milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga katta turtki beradi deb ishonaman”, — dedi prezident.
Davlat rahbari 2030-yilga borib, AT xizmatlar eksporti 5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olinganini aytdi
Kelgusi yilda Toshkent shahri, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatida 4 ta data-markaz, 2 ta super kompyuter va 15 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Bu tibbiyot, transport, qishloq xo‘jaligi, geologiya, bank-moliya, jamoat xavfsizligi kabi muhim sohalarda 100 dan ortiq sun’iy intellekt loyihalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Bugun minglab iqtidorli yoshlar AT va sun’iy intellekt bo‘yicha izlanish olib bormoqda. Ularning kvant, dron, robototexnika kabi yo‘nalishlardagi konstruktorlik loyihalarini amaliyotga tatbiq qilish uchun “Raqamli texnologiyalar markazi” tashkil etiladi.