Mirziyoyev: 2030-yilgacha oltin ishlab chiqarish hajmi 175 tonnaga yetkaziladi

© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishV Uzbekistane inflyatsiya snizitsya do 7,4% na fone rosta vnutrennego sprosa
V Uzbekistane inflyatsiya snizitsya do 7,4% na fone rosta vnutrennego sprosa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2025
Obuna bo‘lish
Navoiydagi oltin konlarida ma’dan qazib olish bo‘yicha 320 mln dollarlik loyiha ishga tushirilib, qo‘shimcha 2 mln tonna ma’dan qayta ishlanadi.
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. 2030-yilgacha O‘zbekistonda oltin konlarida ma’dan qazib olish bo‘yicha yangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga oltin ishlab chiqarish hajmi 175 tonnaga yetkaziladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi chog‘ida ma’lum qildi.
Davlat rahbarining ma’lum qilishicha, sanoatda yangi texnologik bosqichga o‘tish va qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish bo‘yicha rivojlantirish dasturi boshlanadi.
Dastur doirasida kelgusi besh yilda sanoatda qo‘shilgan qiymat hozirgi 36,5 mlrd dollardan kamida 60 mlrd dollargacha yetkaziladi, yuqori va o‘rtadan yuqori texnologiyali tarmoqlardagi ishlab chiqarish hajmi 2,5 barobar oshiriladi.
2026 yilda start berilishi mo‘ljallangan 52 mlrd dollarlik 782 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihalari bunga zamin hozirlaydi. Kelgusi yilda, shuningdek, 14 mlrd dollarlik 228 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.
"Navoiydagi oltin konlarida ma’dan qazib olish bo‘yicha 320 mln dollarlik loyiha ishga tushirilib, qo‘shimcha 2 mln tonna ma’dan qayta ishlanadi. Shuningdek, “Muruntov” konini o‘zlashtirishning navbatdagi bosqichi hamda kumush konlari bo‘yicha 2 mlrd 300 mln dollarlik yirik loyihalar amalga oshiriladi. Natijada yiliga 18 million tonna ma’danni qayta ishlash quvvati barpo etilib, 2030-yilgacha oltin ishlab chiqarish hajmi 175 tonnaga yetkaziladi”, - dedi Mirziyoyev.
Shuningdek, davlat rahbari sanoatni rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalarni sanab o‘tdi. Jumladan:
Olmaliq kombinatida qiymati 2 mlrd 700 mln dollar, quvvati 300 ming tonna mis katodidan iborat yangi metallurgiya majmuasi;
"Samarqand kimyo" zavodida yiliga 370 ming tonna fosforli va 540 ming tonna murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarishga qaratilgan qiymati 381 mln dollarlik loyiha;
Qashqadaryoda maishiy kimyo, polimer, sintetik yoqilg‘i uchun yiliga 50 ming tonna alkilbenzol mahsuloti olishga mo‘ljallangan 200 mln dollarlik kimyo zavodi qurilishi loyihasi va boshqalar.
Umuman, 2026-yilda kimyo sanoatida 4,5 mlrd dollarlik, tog‘-kon metallurgiya, neft-gaz, avtomobilsozlik, to‘qimachilik va qurilish materiallari tarmoqlarining har birida 3 mlrd dollardan, elektrotexnikada 2 mlrd dollarlik, farmatsevtikada 800 mln dollarlik yangi loyihalarga start berilishi kutilmoqda.
"Shu tariqa, 2026-yilda jami eksport 40 mlrd dollarga yetkazilib, tayyor va yarimtayyor mahsulot ulushi 55 foizdan oshiriladi", — dedi davlat rahbari.
Zoloto v mejdunarodnix rezervax Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2025
O‘zbekiston zaxiralaridagi oltin miqdori va ulushi — infografika
Yangiliklar lentasi
0