O‘zbekistonda havo sifati hafta oxirigacha yomon holatda bo‘lishi mumkin — O‘zgidromet

© Sputnik / Baxrom XatamovZagraznenie vozduxa v Tashkente
Zagraznenie vozduxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning ayrim hududlarida havoning tarqalishi qiyinlashib, atmosfera holati yomonlashishi mumkin. Bu holat zararli moddalarning havoda to‘planishiga olib kelishi ehtimoli bor.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Prognozlarga ko‘ra, yog‘ingarchiliklardan so‘ng va ob-havo iliqlashishi fonida O‘zbekistonda havoning tarqalishi qiyinlashgan sharoitlar — atmosfera inversiyasi yuzaga kelmoqda. Bu haqda mamlakat Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar qildi.
Mutaxassislarning tushuntirishicha, atmosfera inversiyasi — yer yuzasiga yaqin havo sovuq bo‘lib qolib, uning ustida iliq havo qatlami shakllanadigan holatdir. Shu sababli havo yaxshi aralashmaydi va zararli moddalar pastki qatlamlarda to‘planib qoladi.
Mazkur holat respublikaning ko‘plab hududlarida, ayniqsa Toshkent shahri, Samarqand va Jizzax viloyatlarida ertalab, kechqurun hamda tungi soatlarda ko‘proq kuzatilmoqda.
Natijada chiqindi gazlar, tutun va boshqa ifloslantiruvchi moddalar havoda uzoqroq saqlanib, noqulay meteorologik sharoit shakllanmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, O‘zbekiston hududining tabiiy-geografik joylashuvi va relyef xususiyatlari sabab atmosfera inversiyasi mamlakatda tez-tez kuzatiladi.
Dastlabki prognozlarga ko‘ra, respublika bo‘ylab iliq ob-havo hamda havo tarqalishining cheklanishi bilan bog‘liq mazkur holat haftaning oxirigacha saqlanib turishi mumkin.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Toshkent shahrida PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 64 mkg/m³ni tashkil etib, ruxsat etilgan meyordan 1,1 barobar (60 mkg/m³) oshgan.
Zagraznenie vozduxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2025
Ekologiya qo‘mitasi: sovuq antisiklon oqibatida havodagi zarrachalar ko‘paymoqda
Yangiliklar lentasi
0