YeOIIda 2025-yil yakunlari: bojxona sohasidagi asosiy natijalar
YeOIIda 2025-yil yakunlari: bojxona sohasidagi asosiy natijalar
Sputnik O‘zbekiston
Yagona tranzit tizimi to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilinmoqda. O‘zbekiston va Eronni tizimga jalb qilish, navigatsiya plombalari va bojxona raqamlashtirishi asosiy yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Imzolangan Yagona tranzit tizimi to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilish jarayonidan o‘tmoqda va yangi ishtirokchilarni, jumladan, O‘zbekiston va Eronni jalb qilish bo‘yicha amaliy qadamlar allaqachon qo‘yilgan. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiya Bojxona hamkorligi vaziri Ruslan Davidov 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar natijalariga bag‘ishlangan bayonotida ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, ushbu tizim hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini sezilarli darajada soddalashtirib, bojxona tartib-tamoyillari sonini kamaytiradi.Shuningdek, asosiy yutuqlar sifatida quyidagilar qayd etildi:Shu bilan birga, raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish, savdo shaffofligini oshirish hamda qo‘shni davlatlarni yagona tranzit tizimiga integratsiya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
yagona tranzit tizimi, tranzit bitimi, ratifikatsiya, o‘zbekiston tranzit, eron tranzit, yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, ruslan davidov, bojxona hamkorligi, yeoii, navigatsiya plombalari, bojxona kodeksi, raqamli bojxona
yagona tranzit tizimi, tranzit bitimi, ratifikatsiya, o‘zbekiston tranzit, eron tranzit, yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, ruslan davidov, bojxona hamkorligi, yeoii, navigatsiya plombalari, bojxona kodeksi, raqamli bojxona
YeOIIda 2025-yil yakunlari: bojxona sohasidagi asosiy natijalar
YeOIIda bojxona jarayonlarini raqamlashtirish, savdo shaffofligini oshirish va qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy qadamlar boshlangani ma’lum qilindi.
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Imzolangan Yagona tranzit tizimi to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilish jarayonidan o‘tmoqda va yangi ishtirokchilarni, jumladan, O‘zbekiston va Eronni jalb qilish bo‘yicha amaliy qadamlar allaqachon qo‘yilgan.
Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiya Bojxona hamkorligi vaziri Ruslan Davidov 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar natijalariga bag‘ishlangan bayonotida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ushbu tizim hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini sezilarli darajada soddalashtirib, bojxona tartib-tamoyillari sonini kamaytiradi.
Shuningdek, asosiy yutuqlar sifatida quyidagilar qayd etildi:
navigatsiya plombalarini joriy etish bo‘yicha kelishuvlar yakunlandi. Kelgusi yilning fevral oyidan boshlab ular Ittifoqning butun hududida qo‘llaniladi. Bu tovar oqimlari shaffofligini ta’minlash va kontrabandaga qarshi kurashda muhim qadam hisoblanadi;
Bojxona kodeksiga 600 ta tuzatish ishlab chiqilgan va kelishilgan, biroq hujjat hali ratifikatsiya qilish uchun yuborilmagan. Uni takomillashtirish ishlari yaqin oylarda yakunlanishi kutilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar raqamlashtirishni kengaytirish, konteynerlar nazoratini soddalashtirish hamda soxta tranzitga qarshi kurashishga qaratilgan;
bojxona ma’muriyatchiligini unifikatsiya qilish doirasida Xavflarni boshqarish tizimi orqali Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari harakatlarini muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish, savdo shaffofligini oshirish hamda qo‘shni davlatlarni yagona tranzit tizimiga integratsiya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.