O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralarni yakunladi

© Azizbek Urunov/linkedinUzbekistan zavershil peregovori s Rossiyey po vstupleniyu v VTO
Uzbekistan zavershil peregovori s Rossiyey po vstupleniyu v VTO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2025
Obuna bo‘lish
Urunov Rossiya tomoniga minnatdorchilik bildirib, kelgusi yilda qo‘shilish jarayonini tugatishga e’tibor qaratilishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiya bilan O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokol imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

"Bugun, 2025-yil 21-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburgga amaliy tashrifi doirasida Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri janob Maksim Reshetnikov bilan birgalikda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonida ikki tomonlama bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarimizni yakunlovchi Bayonnomani imzoladik", - deya yozdi u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Qayd etilishicha, muzokaralar uzluksiz, mazmunli va konstruktiv ruhda o‘tgan hamda ijobiy natija bilan yakunlangan. Tomonlar Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish jarayonida faol ishtirok etganini alohida ta’kidlab, muzokaralarda ishtirok etgan mutasaddilarga minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, O‘zbekiston rahbariyati hamda milliy muzokaralar guruhining qo‘llab-quvvatlashi yuqori baholandi. Ayrim texnik masalalar hali hal etilishi lozim bo‘lsa-da, endilikda ko‘p tomonlama muzokaralarni ilgari surish, zarur qonunchilik yangilanishlarini yakunlash va kelgusi yilda qo‘shilish jarayonini muvaffaqiyatli tugatishga asosiy e’tibor qaratilishi ma’lum qilindi.
Uzbekistan prakticheski zavershil peregovori s Rossiyey o vstuplenii v VTO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2025
O‘zbekistonning JST bo‘yicha navbatdagi qadami: Rossiya bilan muzokaralar yakunlanmoqda
Yangiliklar lentasi
0