Sindikatlashgan kreditlar: bir nechta bank ishtirokida kredit ajratish tartibi belgilandi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishZnak protsenta
Znak protsenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2025
Obuna bo‘lish
Yangi tartib sindikatlashgan kreditlarda banklar bilan bir qatorda xorijiy banklar va xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokini nazarda tutadi
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekistonda banklar tomonidan sindikatlashgan kreditlarni ajratish tartibi belgilandi. Tegishli nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga ko‘ra, sindikatlashgan kredit — bir nechta bank va moliya institutlari tomonidan qarz oluvchini birgalikda moliyalashtirish uchun ajratiladigan kredit hisoblanadi.
Banklar, xorijiy banklar, xalqaro moliya tashkilotlari, shuningdek kredit ajratish huquqiga ega bo‘lgan chet el yuridik shaxslari bank sindikati ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.
Qarz oluvchi sindikatlashgan kredit olish uchun bankka murojaat qiladi. Bank kredit ajratish mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, qarz oluvchi bilan kreditning dastlabki shartlarini kelishib oladi.
Yetakchi ishtirokchi sindikatda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan banklarga qarz oluvchi haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan taklif yuborib, sindikatni shakllantiradi.
Bank sindikati ishtirokchilar o‘rtasida tuziladigan yozma kelishuv asosida tashkil etilib, unda tomonlarning huquq va majburiyatlari belgilanadi.
Delovoe sotrudnichestvo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga imtiyozli kredit beriladi
Yangiliklar lentasi
0