https://oz.sputniknews.uz/20251222/cis-rahbarlari-muhokama-54389152.html
Ermitajda MDH rahbarlari savdo va hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Ermitajda MDH rahbarlari savdo va hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
“Ermitaj”da MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport va investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, energetika, raqamlashtirish muhokama qilindi.
2025-12-22T17:51+0500
2025-12-22T17:51+0500
2025-12-22T17:53+0500
mdh
hamkorlik
sankt-peterburg
uchrashuv
madaniyat
iqtisod
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/16/54388472_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_ecaaeceaae0c9b4774d307962d5591aa.jpg
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgdagi “Ermitaj” davlat muzeyida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Serdar Berdimuhamedov va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdi.Uchrashuvda o‘zaro tovar ayirboshlashni oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro investitsiyalar o‘sishini rag‘batlantirish va kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, energetika va raqamlashtirishda sheriklikni mustahkamlash, fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohalarida qo‘shma loyihalarni kengaytirish, shuningdek, hududlar o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasida madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirish, xususan, yoshlarning ijodiy, innovatsion va intellektual salohiyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20251222/mirziyoev-eaeu-hamkorlik-yonalishlar-54363345.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/16/54388472_3:0:1140:853_1920x0_80_0_0_6bf0fc8ef6222118ea1677bfaf2c7fd6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, sankt-peterburg, ermitaj, mdh, mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, vladimir putin, aleksandr lukashenko, qasim-jomart toqayev, sadir japarov, emomali rahmon, serdar berdimuhamedov, nikol pashinyan, savdo hamkorligi, transport, investitsiyalar, energetika, raqamlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuv
shavkat mirziyoyev, sankt-peterburg, ermitaj, mdh, mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, vladimir putin, aleksandr lukashenko, qasim-jomart toqayev, sadir japarov, emomali rahmon, serdar berdimuhamedov, nikol pashinyan, savdo hamkorligi, transport, investitsiyalar, energetika, raqamlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuv
Ermitajda MDH rahbarlari savdo va hamkorlik masalalarini muhokama qildi
17:51 22.12.2025 (yangilandi: 17:53 22.12.2025) MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida savdo, transport, investitsiya, energetika va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgdagi “Ermitaj” davlat muzeyida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Serdar Berdimuhamedov va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdi.
Uchrashuvda o‘zaro tovar ayirboshlashni oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro investitsiyalar o‘sishini rag‘batlantirish va kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, energetika va raqamlashtirishda sheriklikni mustahkamlash, fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohalarida qo‘shma loyihalarni kengaytirish, shuningdek, hududlar o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasida madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirish, xususan, yoshlarning ijodiy, innovatsion va intellektual salohiyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.