Prezident U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik bo‘yicha qaror imzoladi — tafsilotlar

© O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiStadion Bunedkor
Stadion Bunedkor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2025
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan 2027-yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2027-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorga muvofiq, chempionatga tayyorgarlikning ustuvor yo‘nalishlari etib:
FIFA talablariga mos sport va transport infratuzilmasini yaratish;
ishtirokchilar va muxlislar uchun yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatish;
musobaqa orqali O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirish belgilandi.
Ma’lum qilinishicha, 2025-yil 2-oktabrda FIFA Kengashi U-20 Jahon chempionatini O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Chempionatga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tuzilib, unga davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, infratuzilmani yangilash, transport, viza, tibbiy xizmat va volontorlik ishlarini tashkil etish vazifalari yuklatildi.
Qarorga ko‘ra:
2027 yilgi chempionat xarajatlari manbalari alohida tasdiqlanadi;
o‘yin kunlari akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar va chipta egalari uchun jamoat transportida bepul harakatlanish ta’minlanadi;
FIFAning Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy ofisi Toshkent shahrida ochiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga Yangi Toshkentda barpo etilayotgan markaziy stadionni FIFA talablariga moslashtirish, chempionat ramzlari va Jahon kubogini ommaga tanishtirish vazifalari yuklatildi.
Jahon chempionatiga tayyorgarlik va uni o‘tkazish uchun zarur mablag‘lar 2026–2027 yillar Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
ChM po futbolu U20 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2025
O‘zbekiston va Ozarbayjon futbol bo‘yicha U-20 jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
Yangiliklar lentasi
0