Davlat ijtimoiy sug‘urtasi: to‘lovlar kimlarga va qanday hollarda tayinlanadi

© Sputnik / Baxrom XatamovUzbekskie sumi
Uzbekskie sumi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2025
Obuna bo‘lish
Yangi qonun kasallik, homiladorlik va tug‘ish, hamda ishdan ayrilish holatlarida tayinlanadigan to‘lovlar mexanizmlarini belgilab berdi.
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. 2026 yildan fuqarolarga nisbatan davlat ijtimoiy sug‘urtasi majburiy yoki ixtiyoriy tartibda amalga oshiriladi. Bu tartib yangi qabul qilingan “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, sug‘urta hodisalari qatoriga quyidagilar kiradi:
kasallik munosabati bilan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik;
homiladorlik va tug‘ish;
ish yoki daromadni yo‘qotish.
Sug‘urta hodisalari yuzaga kelganda sug‘urtalangan shaxslarga yoki ularning oila a’zolariga davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida quyidagi to‘lovlar amalga oshiriladi:
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi;
homiladorlik va tug‘ish nafaqasi;
ishdan bo‘shatish nafaqasi.
Sug‘urta badali — bu sug‘urtalangan shaxs nomiga jamg‘armaga amalga oshiriladigan majburiy ajratma yoki to‘lov hisoblanadi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni olish huquqi sug‘urta badallari to‘langanidan keyin yuzaga keladi. Mazkur to‘lovlar qonunchilikda belgilangan miqdorlar va muddatlar bo‘yicha tayinlanadi.
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po sisteme sotsialnogo straxovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2025
Yangi tizim: homiladorlik va kasallik nafaqalari Ijtimoiy himoya jamg‘armasi orqali to‘lanadi
Yangiliklar lentasi
0