Toshkentga kirishda jamoat transport bekatlar yaqinida parkovkalar quriladi-yana nima o‘zgaradi

© Sputnik / Baxrom XatamovAvtobusnaya ostanovka u Yunusabadskogo rinka
Avtobusnaya ostanovka u Yunusabadskogo rinka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2025
Obuna bo‘lish
Shahar infratuzilmasini tubdan yangilash maqsadida jamoat transportini rivojlantirish, metro tarmog‘ini kengaytirish va intellektual boshqaruv tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan
TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Toshkent shahri transport tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Prezident tomonidan tegishli qaror imzolandi.
Qarorda, jumladan, quyidagilar belgilangan:
aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini 60 foizga yetkazish;
avtobuslar harakat tezligini 18 km/soatdan 24 km/soatga oshirish;
150 ming o‘rinli parkovka tashkil etish;
metro tarmog‘i uzunligini 103 kmga yetkazish.
Shaharda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifalari:
raqamli va “yashil” texnologiyalar asosida transport, yo‘lovchi va piyoda oqimlarini uzluksiz monitoring qilish;
Toshkentning transport master rejasini ishlab chiqish;
hududlardan kirib keladigan asosiy avtomobil yo‘llaridagi jamoat transporti bosh bekatlari (avtobus va metro) kesishmalarida transport vositalarining ko‘p qavatli to‘xtab turish joylarini tashkil qilish;
yerusti metro liniyalari va yo‘l o‘tkazgichlari ostlarida xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda to‘xtash joylari tashkil etish.
Shuningdek, Toshkentda zamonaviy axborot texnologiyalari bilan integratsiyalashgan intellektual transport tizimi yaratilmoqda. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
videokuzatuv va sensorlar orqali transport, yo‘lovchi va piyoda oqimlari bo‘yicha ma’lumot to‘plash;
oqimlar tahlili asosida svetoforlarni avtomatik boshqarish;
harakat jadvalidan chetga chiqish holatida jamoat va maxsus transport uchun ustuvorlikni ta’minlash;
avtotransport, maxsus texnika va qurilish mexanizmlarini monitoring qilish;
avariya xavfi yuqori hududlarni aniqlash va ular bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey o provodimoy rabote po vnedreniyu II - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2025
SI yo‘l qoidabuzarligini avtomatik aniqlaydi: prezident takliflarni ma’qulladi
Yangiliklar lentasi
0